Norvegiya davlati haqida umumiy malu’motlar


Download 23.57 Kb.
bet2/4
Sana19.12.2022
Hajmi23.57 Kb.
#1033152
1   2   3   4
Bog'liq
bank ishi

Norvegiya  — konstitutsion monarxiya hisoblanadi. 1814-yil 17-mayda qabul qilingan Norvegiya Qirolligi konstitutsiyasi amal qiladi, unga keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol (1991-yil 21-yanvardan Harald V). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali (yuqori palatasi lagting, quyi palatasi odelsting) parlament — storting amalga oshiradi. Ijrochi hokimiyat qirol qoʻlida boʻlib, u Davlat kengashi (hukumat)ni tayinlaydi.2013- yildan beri bosh vazir lavozimida Erna Solberg faoliyat yuritib keladi.
Norvegiya ishchi partiyasi, 1887-yil asos solingan; Markaz partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan; Taraqqiyot partiyasi, 1973-yil tuzilgan; Venstre, liberal partiya, 1884-yil asos solingan; Sotsialistik soʻl partiya, 1975-yil tashkil etilgan; Xristian xalq, partiyasi, 1933-yil tuzilgan. Xeyre, konservativ partiya, 1884-yil asos solingan. Norvegiya kasaba uyushmalari markaziy birlashmasi, 1899-yil tashkil etilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Yevropa kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Aholisining 97 % norveglar. Saamlar, kvenlar, shvedlar, danlar, nemislar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy til — norveg tili. Rasmiy din — lyuteranlik. Shahar aholisi 50 %. Yirik shaharlari — Oslo, Bergen, Tronxeym va boshqalar.

2. Norvegiya davlati iqtisodiyoti va makroiqtisodiy ko’rsatkichlari


Norvegiya — rivojlangan indoʻstrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 28,6 %, qishloq xoʻjaligining ulushi 2,9 %. Dengiz kema qatnovi, baliq ovlash, tashki savdoning roli katta.
GDP(PPP) $397 miliard(2018)
Jon boshiga $74 065
GDP(nominal) $443miliard
Jon boshiga $82 711
Hukumat 2018-2019 yillardan boshlab umumiy 24 milliard NOKga teng soliqlarni qisqartirdi.
2018 yildan buyon quyidagi o'zgarishlarni kiritdi:
Daromad solig'i shaxslar va korporatsiyalar uchun qisqartirildi. Jismoniy shaxslar va korporatsiyalar uchun oddiy daromad solig’i 28 foizdan 23 foizgacha kamaytirish iqtisodning o'sish potensialini mustahkamlaydi va jamg'armalar va investitsiyalarni rag'batlantiradi.
Mol mulk solig'i 6,1 mlrdga qisqartirilgan.
Ushbu qisqartishlar mablag'larni tejashni, Norvegiya kapitali oqimini va biznes sohasida investitsiyalarni rag'batlantiradi. Soliq stavkasi 1,1dan 0,85 foizgacha pasaytirildi
Boj to’lanmaydigan yuk hajmi 870 mingdan 1,48 million NOKga ko'tarildi.
Qimmatli qog'ozlar va operatsion aktivlar va qarzdorlik uchun taxminan 20 foizli chegirma joriy etildi. Shu bilan birga, tijorat ko'chmas mulkning soliqqa tortiladigan qiymatini baholash taxminiy bozor qiymatining 50 foizidan 80 foizigacha ko'paytirildi, qayta sotiladigan uy-joylarning qiymati 50 foizdan 90 foizgacha ko'tarildi va dam olish uylarini baholash 10 foizga oshirildi. Bu turli xil aktivlarni yanada teng baholashga olib keldi.

Sanoati
Sanoatning yetakchi tarmoqlari: elektr metallurgiya, elektr kimyo, sellyuloza-qogʻoz, baliq sanoati, asosan tashki bozor uchun ishlaydi. Ichki bozorga xizmat qiladigan tarmoqlar orasida oziq-ovqat va yengil sanoat bilan birga mashinasozlik va metallsozlik durust taraqqiy etgan. Konchilikda temir va titan rudasi, kumir, neft va gaz qazib olish katta urin tutadi. Elektr energiyaning 99 % GESlarda hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 122 mlrd. kVt-soat). Qora va rangli metallurgiya, kemasozlik, elektrotexnika, radiotexnika va yogʻochsozlik sanoati koʻproq rivojlangan. Axrli jon boshiga elektr energiyasi, sellyulozaqogʻoz mahsulotlari, ferroqotishma, alyuminiy ishlab chiqarish va kemasozlikda Norvegiya dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.


Qishloq xoʻjaligi


Mamlakatning tabiiy sharoiti qishloq xoʻjaligi uchun juda noqulay. Togʻ-tosh koʻpligidan Norvegiya hududining 3 % ga yaqini haydaladi. Qishloq xoʻjaligi, asosan, goʻsht sut chorvachiligiga ixtisoslashgan. Dehqonchiligida yem-xashak ekinlari, bir oz miqdorda gʻalla (suli va arpa), kartoshka ekiladi. Chorvachilikda yilqi, qoramol, qoʻy, choʻchqa, parrandaboqiladi. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondira olmaydi. Moʻyna hayvonotchiligi, baliqchilik rivojlangan, oʻrmonlarda koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.
Transporti
Ichki yuklar va tashqi savdo mahsulotlarining aksariyati dengiz kemalarida tashiladi. Dengiz savdo flotining tonnaji 38,3 mln. tonna dedveyt. Yirik portlari: Oslo, Bergen, Stavanger. Temir yoʻl uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari 89,7 ming km. Asosiy aeroportlari — Gardermoen (Oslo), Sulla (Stavanger) va Budyo.
Eksport va import
Chetga neft va tabiiy gaz, kemasozlik, sellyuloza-qogʻoz va kimyo sanoati mahsulotlari, qora va rangli metallar, baliq mahsulotlari chiqaradi. Chetdan mashina, mineral xom ashyo, avtomobillar oladi. Tashqi savdodagi asosiy hamkorlari: Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandlar. Pul birligi — krona.
Tibbiy xizmati
Norvegiya da sogʻliqni saqlash yuqori darajada tashkil etilgan. Tibbiy xizmat qiymatining 80 % ijtimoiy sugʻurta hisobidan qoplanadi. Vrachlar universitetlarning tibbiyot fakultetlarida tayyorlanadi. Sankt — Olafs — Kille, Sanneford, Larvik, Xanke balneologik kurortlari, gʻarbiy sohilida Bergen dengiz boʻyi iqlimiy shifoxonasi bor.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalar
Dastlabki maktablar 12-asr boshlarida ochilgan. 1848-yil 7 yoshdan 13—14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy etildi, 1968-yil 16 yoshgacha yetkazildi. Hozir taʼlim tizimi maktabgacha tarbiya muassasalari, 6 yillik kichik va 3 yillik yuqori majburiy maktablar, oʻrta umumiy taʼlim maktabi — gimnaziyalar, hunar-texnikalar oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini oʻz ichiga oladi. Oslo, Bergen, Tronxeym, Tromsyodagi universitetlar, 10 ta institut oliy taʼlim beradi.

Mamlakatdagi ilmiy tadqiqotlarni Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda ilmiy tadqiqotlar maslahat kengashi muvofiklashtiradi. Norvegiya fan va adabiyot akademiyasi (1857), 300 dan ortiq ilmiy tadqiqot instituti, sanoat va savdo firmalarining 300 laboratoriya, 40 ga yaqin ilmiy jamiyat va boshqalar bor. Bundan tashqari, Oslo universitetida 90, Tronxeym universitetida 50 ilmiy tadqiqot institut va laboratoriya ish olib boradi. Universitetlar huzurida yirik kutubxonalar va Oslo shahri kutubxonasi, Norvegiya xalq muzeyi (1894), universitet milliy osori atiqalar muzeyi, Milliy galereya, Amaliy sanʼat muzeyi, Zool. muzeyi va boshqalar bor. Norveg vikinglarining kemalari, T.Xeyerdalning „Kon-Tiki“ soli muzeyda saqlanayotir.



Download 23.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling