«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet313/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

335 
Hududning sanoatlashuvi, urbanizatsiya darajasi, transport to‗rining zichligi, 

ishlab chiqarishning mujassamlashuvi va texnologik qurollanish holati, aholi


joylashishi, antropogen va texnogen bosim makonning nozogeografik turlanishiga, 
umuman olganda, ijtimoiy omil yoki muhit tabiiy-ekologik sharoiti bilan
birgalikda muhim ta‘sir etuvchi kuchga aylangan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida xo‗jalik sohalarining ekstensiv
tarzda olib borilishi tabiiy muhitning izdan chiqishiga, ijtimoiy muammolarning 
yanada chuqurlashuviga olib kelmoqda. Shunday mintaqalar qatoriga O‗rta Osiyo
mamlakatlari ham kiradi. Mintaqaning arid, cho‗l sharoiti aholi turmush-tarziga 
ma‘lum darajada qiyinchilik tug‗dirishi bilan birga inson ta‘sirida kuchli
degradatsiyaga uchramoqda. 
Mintaqa aholisining salomatligi va ijtimoiy faoliyatining yomonlashuvida
Orol dengizi fojeasi asosiy o‗ringa ko‗tarilmoqda. Dengizning 500 km radius 
qismidagi atrofi jahon hamjamiyati tomonidan ―Ekologik fojea‖ hududi deb e‘tirof
etilgan. Xorazm viloyati ham bevosita ushbu hudud doirasida joylashgan. 
Aholi salomatligi inson taraqqiyotini belgilovchi asosiy ko‗rsatkichlardan
biridir. Ushbu muammo hududning ekologik tizimi bilan chambarchas bog‗liq 
bo‗lishiga qaramasdan, uni geografik o‗rganish masalalari yaqin o‗tmishga borib
taqaladi. Xusuan, bunday tadqiqotlar hozirda ko‗pgina rivojlanayotgan 
mamlakatlarda shakllanish bosqichida bo‗lsa, jahonning rivojlangan mamlakatlari,
shu jumladan, MDH mamlakatlarida ancha taraqqiy etgan. 
Aholi sonining ortib borishi hamda unga mutanosib ravishda tabiiy muhitga
bo‗lgan ta‘sirning kuchayishi o‗tgan asr davomida o‗nglab bo‗lmas turli darajadagi 
ekologik muammolarni insoniyat oldida ko‗ndalang qilib qo‗ydi. Yangi asrda
Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) tomonidan ―ming yillik barqaror rivojlanish‖ 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda atrof-muhit, aholini ijtimoiy himoyalash,
savodxonligini oshirish, salomatligini tiklash, onalik va bolalik muhofazasi





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling