IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
343
Adaptiv tiplar irqiy mansubligidan qat‘i nazar, turning genofondi bilan
belgilanuvchi moslashish mexanizmlari asosida, konkret ekologik muhitga
moslashish natijasida shakllangan. Antropogen ekosistemalar, ularning inson
salomatligiga ta‘siri. Eng muhim hozirgi zamon antropogen ekosistemalariga
shaharlar, qishloqlar, transport kommunikatsiyalari kiradi.
Shaharlarda tabiat muhitining o‗zgarishi yaqqol namoyon bo‗ladi. Sanoat va
turmush chiqindilari tuproqda, suvda, o‗simliklarda mikroelementlarning ko‗payib
ketishiga sabab bo‗ladi, shahar aholisining zichligi natijasida yuqumli kasalliklar
keng tarqaladi. Havoning ifloslanganligi natijasida, yer yuzasiga ultrabinafsha
nurlarning ancha miqdori yetib kelmaydi. Yorug‗lik yetishmasligi esa D
avitaminozini ko‗paytiradi.
Qishloq ekologik sistemalari o‗z xususiyatlari jihatidan shahar
ekosistemasidan ancha farq qiladi. Qishloqda hayvon va o‗simlik turlarining
xilma-xilligi kuzatiladi. Hayvonlar orqali yuqadigan yuqumli va parazitar
kasalliklar qishloqda ko‗proq uchraydi.
Hozirgi avlod ko‗z o‗ngida mahalliy va regional ekologik inqiroz vaziyatlari
kuzatilmoqda. Bunda inson tomonidan o‗zgartirilgan tabiatning ijtimoiy
taraqqiyotga ta‘sirining keskin ortishi kuzatiladi.
Insoniyat tarixida ekologik inqirozlar ko‗plab kuzatilgan. Ularning natijasida
millionlab gektar yerlar cho‗lga aylangan, minglab o‗simlik va hayvon turlari
qirilib ketgan, o‗rmonlarning maydoni qisqargan, gullab-yashnagan sivilizatsiyalar
inqirozga yuz tutgan.
Atrof-muhitdagi katta ko‗lamidagi salbiy ekologik o‗zgarishlar XVII asrdan
boshlangan va XX asrning boshlariga kelib yer yuzidagi ekologik sistemalarning
20 foizi buzilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib qisman va to‗la buzilgan
ekosistemalar hissasi 63 % dan oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |