«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet317/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

339 
takrorlanishiga tuproq ustki qatlamining ochilib qolishiga (tropik yog‗inlar 

natijasida yuvilib ketilishiga), errozion jarayonlarning kuchayishiga olib kelmoqda.


Yaylov

chorvachiligining rivojlanishi unumdor o‗tloq va yaylovlar


mahsuldorligining pasayishiga, tuproq ustki qoplamining ochilib qolishi va shamol 
eroziyasi oqibatida adir va yarim adir mintaqalarda cho‗llanish jarayonining
kuchayishiga ta‘sir etmoqda. 
XX asrning ikkinchi yarmidan ITIning qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishiga
ta‘siri natijasida intensiv rivojlanish jarayoni boshlandi. Qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishida kimyolashtirish jarayoni oqibatida (o‗simliklarni kimyoviy himoya
qilish vositalari – pestitsidlar, mineral o‗g‗itlar, veterinariya pestitsidlari va b.) 
tuproq, havo va suv resurslari jiddiy zaharlanmoqda hamda tuzatib bo‗lmas
oqibatlarini yuzaga keltirmoqda. 
Bugungi kunda dunyo mamlakatlarida 100 ming tonna turli xil kimyoviy
vositalar qo‗llanilmoqda, 100 mln tonnadan ortiq mineral o‗g‗itlar (fosforli, kaliyli, 
azotli), va 2-3 mln t. zaharli ximikatlar ishlatilmoqda.
Keyingi yillarda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar qishloq xo‗jaligida zaharli 
kimyoviy vositalardan foydalanishni taqiqlanishi oqibatida ko‗proq biologik
usullar keng yoyilmoqda. Biologik usul atrof-muhit uchun xavfsiz bo‗lib, zarar 
keltirmaydi. Ayniqsa, biologik usullar – bog‗dorchilik-uzumchilik, sabzavot va
poliz yetishtirishda qo‗llanilmoqda hamda bu ekologik ―sof‖ mahsulotlar narxi 
yuqoriligi bilan ajralib turadi.
Shunga qaramay, hanuz dunyo mamlakatlarida qishloq xo‗jaligi ekinlaridan 
yuqori hosil olish va chorvachilik mahsuldorligini oshirish maqsadida mineral
o‗g‗itlar, pestitsidlar, turli kimyoviy moddalar keng qo‗llanib, buning oqibatida 
yiliga, to‗liq bo‗lmagan ma‘lumotlarga qaraganda, 400 mingdan 2 mln kishigacha
odamlar zaharlanmoqdaki, buning asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlar 
qishloq aholisi hissasiga to‗g‗ri kelmoqda.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling