IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
341
keltirmoqda. Yirik shahar va shahar aglomeratsiyalarida shovqin tobora keskin
muammolardan biri bo‗lib qolmoqda.
Suv transporti gidrosferani (okean, dengiz, daryo va ko‗llar) ifloslantiruvchi
bosh manbalardan biridir. Ayniqsa, xalqaro iqtisodiy aloqalarda neft va neft
mahsulotlari tashuvchi tanker va super tankerlar halokati oqibatida minglab tonna
neft okean va dengiz suvlarini katta hududlarda yupqa plyonka hosil qilib qoplab
olishi bu hududlar biofondiga tuzatib bo‗lmas zarar yetkazmoqda. Atmosfera
ifloslanishiga tobora havo transporti ham o‗z ―hissa‖sini qo‗shmoqda.
Shuning uchun ham bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan va bozor
iqtisodiyotiga o‗tayotgan mamlakatlarda ―transport va atrof-muhit‖ muammosi
bilan bog‗liq jiddiy ilmiy tadqiqot ishlari va chora-tadbirlar majmuasi amalga
oshirilmoqda.
Insoniyatning ekologik ixtisoslashishi
– tabiiy va sun‘iy muhit omillari
insonga doimo ta‘sir ko‗rsatadi. Sayyoraning turli joylarida har xil tabiiy
omillarning ta‘sirida insoniyat rivojlanishi tarixi davomida yer shari aholisining
ekologik ixtisoslashishi natijasida odamlarning adaptiv (moslashuvchan) tiplari
kelib chiqqan.
Adaptiv tip
– yashash sharoitiga biologik reaksiya normasi bo‗lib, insonning
o‗sha sharoitga yaxshi moslashishini ta‘minlovchi morfologik, funksional,
biokimyoviy, immunologik belgilar kompleksining rivojlanishi bilan ta‘riflanadi.
Har xil iqlimli hududlarda yashovchi xalqlarning ovqatlanishida ham o‗ziga
xosliklar mavjud. Shu tufayli ularning hazm fermentlari sintezida, ajratilishida va
sifatida ham moslanuvchanlik o‗zgarishlari kuzatiladi.
Insonlarning quyidagi adaptiv tiplari farqlanadi: arktik, tropik, o‗rta iqlim
zonalari, baland tog‗liq, cho‗1 va chalacho‗l adaptiv tiplari.
Do'stlaringiz bilan baham: |