«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet319/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

341 
keltirmoqda. Yirik shahar va shahar aglomeratsiyalarida shovqin tobora keskin 

muammolardan biri bo‗lib qolmoqda.


Suv transporti gidrosferani (okean, dengiz, daryo va ko‗llar) ifloslantiruvchi 
bosh manbalardan biridir. Ayniqsa, xalqaro iqtisodiy aloqalarda neft va neft
mahsulotlari tashuvchi tanker va super tankerlar halokati oqibatida minglab tonna 
neft okean va dengiz suvlarini katta hududlarda yupqa plyonka hosil qilib qoplab
olishi bu hududlar biofondiga tuzatib bo‗lmas zarar yetkazmoqda. Atmosfera 
ifloslanishiga tobora havo transporti ham o‗z ―hissa‖sini qo‗shmoqda.
Shuning uchun ham bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan va bozor 
iqtisodiyotiga o‗tayotgan mamlakatlarda ―transport va atrof-muhit‖ muammosi
bilan bog‗liq jiddiy ilmiy tadqiqot ishlari va chora-tadbirlar majmuasi amalga 
oshirilmoqda.
Insoniyatning ekologik ixtisoslashishi
– tabiiy va sun‘iy muhit omillari 
insonga doimo ta‘sir ko‗rsatadi. Sayyoraning turli joylarida har xil tabiiy
omillarning ta‘sirida insoniyat rivojlanishi tarixi davomida yer shari aholisining 
ekologik ixtisoslashishi natijasida odamlarning adaptiv (moslashuvchan) tiplari
kelib chiqqan. 


Adaptiv tip
– yashash sharoitiga biologik reaksiya normasi bo‗lib, insonning 
o‗sha sharoitga yaxshi moslashishini ta‘minlovchi morfologik, funksional,
biokimyoviy, immunologik belgilar kompleksining rivojlanishi bilan ta‘riflanadi. 
Har xil iqlimli hududlarda yashovchi xalqlarning ovqatlanishida ham o‗ziga
xosliklar mavjud. Shu tufayli ularning hazm fermentlari sintezida, ajratilishida va 
sifatida ham moslanuvchanlik o‗zgarishlari kuzatiladi.
Insonlarning quyidagi adaptiv tiplari farqlanadi: arktik, tropik, o‗rta iqlim 
zonalari, baland tog‗liq, cho‗1 va chalacho‗l adaptiv tiplari.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling