IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
351
real (hozirda foydalanilayotgan);
potensial (zaxiraviy, ya‘ni kelajakda foydalaniladigan).
Tabiiy resurslar yer yuzi bo‘ylab notekis joylashgan. Ayniqsa, Fos ko‘rfazi
mamlakatlari neft va gazga, And mamlakatlari mis va polimetalga, shimoliy
yarimsharning o‘rta kengliklari va ekvatorial mintaqa hududlari o‘rmonlarga
ancha boy. Rossiya, AQSh, Xitoy, Kanada, Braziliya, Avstraliya kabi yirik
mamlaktlar tabiiy resurslarning deyarli barcha xillari bilan yaxshi ta‘minlangan.
Davlatning iqtisodiy rivojlanishida tabiiy resurslarning ham ahamiyati beqiyos.
Sanoatlashish jarayonining dastlabki bosqichlarida asosiy xo‘jalik tarmog‘i
bo‘lmish sanoatning joylashishi tabiiy resurslar, dastavval, foydali qazilmalar
geografiyasi bilan belgilangan. Jumladan, og‘ir sanoat tarmoqlari toshko‘mir va
temir rudasi mavjud konlar hamda havzalarga joylashtirilgan. FTI davrida esa bu
jarayon birmuncha o‘zgargan bo‘lsa-da, tabiiy resurslarning ahamiyati va
iqtisodiyotdagi roli pasaygani yo‘q. Mamlakat qancha resurslarga boy bo‘lsa,
uning salohiyati va iqtisodiyotining rivojlanishi shuncha yuqori bo‘ladi.
Tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish uchun ularni analiz,
sintez, prognoz qilib borish talab etiladi. Xususan, tabiiy resurslarning miqdori va
xususiyatlariga bog‘liq holda, ularga tegishli hisoblashlarni amalga oshirish juda
muhim va ahamiyatli hisoblanadi.
I.1. Tabiiy resurslar bilan ta‟minlanganlik darajasini aniqlash
Ma‘lumki, Yer shari juda ko‗p va xilma-xil tabiiy resurslarga ega. Ular yer
yuzasi bo‗ylab ancha notekis joylashgan. Shu sababli, alohida hududlar,
mamlakatlar, materiklar tabiiy resurslar bilan turlicha ta‘minlangan, ularning
turlari va miqdoriy ko‗rsatkichlari ham har xil. Bu holat, o‗z navbatida,
resurslar
bilan ta‘minlanganlik
tushunchasini keltirib chiqaradi. Tabiiy resurslar bilan
ta‘minlanganlik deganda, tabiiy resurslarning umumiy ko‗lami ko‗rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |