barpo etish muhim hisoblanadi.
tushuntiring.
Ekologik bilimlarni rivojlantirish zaruriyati sabablarini ochib bering.
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
350
I. TABIIY RESURSLAR GEOGRAFIYASI
Tabiiy resurs (fransuzcha ―resurs‖, ya‘ni imkoniyat ) - tabiat
elementlari bo‘lib, ijtimiy ishlab chiqarishning hozirgi rivojlanish
darajasida jamiyat, xususan, inson
ehtiyojlarini qondirishda
foydalaniladigan yoki foydalanishi mumkin bo‘lgan
tabiiy
sharoitlar
majmuasining bir qismi, tabiiy muhitning muhim komponentlari
hisoblanadi. Tabiiy
resurslar ishlab chiarish, xo‘jalik shakllanishida birlamchi
hisoblanadi. Resurslarsiz xo‘jalik ham, ishlab chiqarish ham bo‘lmaydi. Shu bois,
ularni eng avvalda o‘rganish lozim. Tabiiy resurslarning paydo bo‘lishini tabiiy
jarayon ekanligini va uning ulkan iqtisodiy ahamiyatini hisobga olib,
quyidagicha klassifikatsiya shakllantirilgan:
o
genetik klassifikatsiya:
mineral (foydali qazilmalar);
suv;
yer (shu jumladan tuproq);
biologik (o‘simlik va hayvonot dunyosi);
iqlimiy va kosmik (Quyosh nur va issiqligi, shamol va h.z).
o
ekologik klassifikatsiya:
tugamaydigan (Quyosh energiyasi, shamol, havo, geotermal);
tugaydigan:
tiklanadigan (suv, o‘simlik, hayvon, tuproq);
tiklanmaydigan (mineral resurslar).
o
foydalanish xarakteriga ko‘ra klassifikatsiya:
moddiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan;
nomoddiy ishlab chiqarishda foydalaniladigan.
o
salohiyatiga ko‘ra klassifikatsiya: