«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
© A.S.Soliyev va boshq.,2019 ©
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
©
A.S.Soliyev va boshq.,2019 © «Noshir»nashriyoti, 2019. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 3 KIRISH Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy sohalardagi islohotlar ta‘lim tizimida ham yangidan yangi izlanishlarni taqozo etmoqda. Xususan, respublikamizda xorijiy adabiyotlarni o‗rganish va ularni respublika oliy ta‘lim tizimida joriy qilishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bu borada ―Geografiya‖ fanida ham salmoqli o‗zgarishlar, yangilanishlar ro‗y berdi. Aytish o‗rinliki, geograf mutaxassislar tayyorlashda, ularning boshlang‗ich bilim va malakalarini oshirishda ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ o‗quv kursi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, so‗nggi yillarda sotsial geografik tadqiqotlar ko‗lamining oshib borayotganligi hech kimga sir emas. Hozirgi vaqtda ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ mutaxassisligi doirasida himoya qilinayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyat qismi ham, aynan, sotsial geografiya tarkibidagi ilmiy yo‗nalishlar doirasida olib borilmoqda. ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanining rivojanishi uning turli davrlarda umumiy fan sifatida nomining o‗zgarishiga sabab bo‗lgan: Iqtisodiy geografiya – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya – Ijtimoiy geografiya. Professor A.Soliyev ta‘biri bilan aytganda, u avval iqtisodiy, so‗ngra iqtisodiy va ijtimoiy, hozirgi kunda esa keng ma‘noda ijtimoiy geografiya deb ham nomlanadi. Biroq, ta‘kidlash joizki, bugungi kunda ushbu fan sohasi rivojlangan ko‗plab xorijiy (Аngliya, Fransiya, AQSh, Xitoy va h.k.) mamlakatlarda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ―Inson geografiyasi‖ (Human Geography) deb atalmoqda. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya – geografiya fanlari tizimida inson bilan bog‗liq barcha ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning hududiy jihatlarini o‗rganuvchi fan hisoblanadi. Uning shakllanishi va rivojlanishidagi muhim jihatlardan biri ijtimoiy geografik tadqiqotlarning markazida, birinchi navbatda, inson omili turishidir. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling