«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1,44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 5 1-BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYANING FANLAR
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
4 Ushbu darslikning yaratilishida asosiy manbaa sifatida Peter Haggett tomonidan yozilgan kitobdan (Geographie: Eine Globale Synthese. Verlag Eugen Ulmer, Stuttgart, 2004. ISBN-3825280012) keng foydalanilgan. Unda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning nazariy masalalari, uning muhim mavzulari, ayniqsa, geografiyaning fan sifatida shakllanishi, resurslar va landshaftlar, aholi, shaharlar geografiyasi va urbanizatsiya; madaniyat geografiyasi, iqtisodiy, sotsial, siyosiy geografiya; geografik tuzilmalar va jarayonlar, hududiy tizimlarni o‗rganishning elementlari va boshqa masalalar atroflicha yoritib berilgan, shuningdek, har bir mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar keltirilgan. Mazkur darslikga kiritilgan iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga oid amaliy ishlanmalarni tayyorlashdagi xizmatlari uchun mualliflar ilmiy izlanuvchi A.M.Toshpo‘latovga o‘z minnaddorchiligini bildiradi. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 5 1-BOB. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYANING FANLAR TIZIMIDA TUTGAN O„RNI Reja: 1.1. Iqtisodiy geografiya fanining rivojlanib borishi va uning nomini o‘zgarishi. 1.2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining ta'rifi. 1.3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy tamoyillari. Jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar faqat vaqt (davr) davomida kechmaydi, ular ayni paytda muayyan joyda – makonda ham sodir bo'ladi. Ijtimoiy rivojlanishning ana shu hududiy jihatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining tadqiqot doirasiga kiradi. Biroq jamiyat rivoji bilan uni o'rganuvchi farlarning tadqiqot obyekti ham murakkablashib va takomillashib boradi. Bu tabiiy va o'z-o'zicha qonuniy holdir. Jumladan, iqtisodiy geografiyaning obyekti avvallari ma'lum bir mamlakat yoki rayonning xo'jalik va aholisi, ishlab chiqarish kuchlarining joylanishidan iborat bo'lgan bo'lsa, keyinchalik u xo'jalik va aholining hududiy tarkibi yoki tizimi, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy majmualar (komplekslar) shaklini oldi. Shunga muvofiq ushbu fanning vazifasi ham o'zgarib bordi. Chunonchi, ilgari asosiy e'tibor qayerda nima borligini o'rganishga qaratilgan bo'lsa, hozirgi kunda esa nima uchun u yoki bu voqelik aynan shu joyda vujudga kelganligini ilmiy asosda izohlab va baholab berilishi talab etiladi. Bunday qonuniyatlarni chuqur anglash fanning amaliy (konstruktiv) ahamiyatini yanada oshiradi. Chunki, u endi turli yiriklikdagi hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning tahlilidan ularning tashxisiga, undan esa bashorat va boshqarish darajasiga ko‘tariladi. Demak, jamiyat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va joylanishidagi jarayonlar iqtisodiy geografiya obyektining o'zgarishiga sabab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling