16-ma’ruza Mavzu: Donlarni maydalash jarayoni va maydalashning umumiy qonuni Reja


Download 23.7 Kb.
Sana24.06.2023
Hajmi23.7 Kb.
#1654068
Bog'liq
16-ma\'ruza


16-ma’ruza
Mavzu: Donlarni maydalash jarayoni va maydalashning umumiy qonuni
Reja:
1. Maydalash jarayonining asosiy vazifalari.
2. Maydalash jarayonining umumiy qonuni.


1. Maydalash jarayonining asosiy vazifalari.
Maydalash jarayoni turli sohalarda keng qo‘llaniladi. Qattiq jismdan ma’lum yiriklikdagi to‘kiluvshan zarrachali material olish uchun turli usullar bilan maydalanadi.
Qattiq jismni maydalash ikki xil usulda amalga oshiriladi:
a) oddiy maydalash usuli;
b) tanlab olish usuli bilan maydalash.
Agar maydalanadigan mahsulotning kimyoviy tarkibi va uning qismlari bir xil mexanik tuzilishga ega bo‘lib, maydalanganda ma’lum yiriklikdagi bir xil to‘kiluvshan massa olinsa, bu oddiy maydalash usuli deb ataladi.
Donlarni tortishga tayuorlashda ularning anatomik va mexanik tuzilishini hisobga olish, bug‘doy va javdari donlarga gidrotermik ishlov berish natijasida ularning endosperm va qobiqlari bir-biridan oson ajraladi. Turli navli un olishdan asosiy maqsad dondan endospermni maksimal darajada ajratib, qobig‘ini esa maydalamasdan olishdir. Shuning uchun turli navli un olishda, tanlab olish va maydalash usuli qo‘llaniladi.
Agar maydalanuvshi qattiq jismning kimyoviy tarkibi va mexanik tyzilishi bir xil bo‘lmasdan, unga turli kyshlar ta’sir etishi natijasida turli kimyoviy sifatli va har xil o‘lshamdagi zarrashalar olinsa, Bu tanlab olish usuli bilan maydalash deb ataladi. Bunga erishish uchun bir marotaba maydalash etarli emas, Bu jarayon bir nesha marta qaytariladi, har safar aralashmani elab, mayda-yirikligi bo’yicha bir xil bo‘lgan zarrashalarga ega bo‘lgan fraksiyaga ajratib olinadi. Bu un tortish tizimida asosiy usul hisoblanadi.
2. Maydalash jarayonining umumiy qonuni.
Maydalash nazariyasi ikkita girotezadan iborat bo‘lib: birinshisi – donning «yuza» qismini maydalash 1867 yilda Rittinger tomonidan va ikkinshisi - «hajmli» maydalash girotezasi 1874 yilda V.L. Kirrishev tomonidan taklif qilingan.
Qattiq jismni maydalash natijasida y bir qansha mayda zarrashalarga ajralib, yangi yuzalar raydo bo‘ladi.
Maydalash - jismni bosib-yanchish, unga zarba berish, siqish, surish jarayonlari orqali amalga oshiriladi, Bu holda jismda siqilish va syrilish deformatsiyasi raydo bo‘ladi. Tashqi kysh ta’siri ostida jism taranglashadi, Bu jismda mayda darzlar raydo bo‘lishiga olib kelib, yuz bergan buzilish (parchalanish) sababli, y yangi zarrashalarga aylanadi. Materialning mustahkamligini bartaraf qilishga, molekulalar orasidagi zanjirli bog‘lanishni parchalashga sarf bo‘lgan quvvat yangi yuza hosil bo‘lishiga, uning bir nesha qismga bo‘lishini, ishqalanishi natijasida maydalovshi uskunaning ishchi qismi barcha sarf bo‘lgan quvvatlarni hisobga olgan holda R.A. Rebinder, qyuidagi umumiy maydalash qonunini beradi:

Bu erda: A0 – maydalash uskunaning deformatsiyasi va uning emirilishiga sarf bo‘lgan quvvat;
my – maydalanish jarayonlarining soni;
 – materialning jiddiy taranglashishi;
 – 1 sm2 yangi yuzani hosil bo‘lishi uchun sarflangan quvvat;
S=Sb – So - maydalanish natijasida hosil bo‘lgan yangi yuzaning hajmi;
=Sb/So – materialning maydalanish darajasini hisoblash koeffitsienti;
E – materialning egilyvshanlik modyli.
Maydalash jarayoni umumiy qonunining tahlili shuni ko‘rsatadiki, maydalash uchun sarf bo‘layotgan quvvatni kamaytirish uchun qyuidagi jarayonlarni amalga oshirish kerak:

  • rarshalanayotgan zarrashaning deformatsiyalanish sonini kamaytirish;

  • zarrashani haddan tashqari maydalamasdan, maydalash darajasi talabiga javob beradigan darajada bo‘lishiga erishish;

  • maydalovshi mashina ishchi qismlarining mustahkamligi va ularning emirilishini oshirish;

  • jismga maqsadga myvofiq GTI yordamida ta’sir etish natijasida donning mustahkamligini rasaytirib,  - maydalangan donning parchalanishini kamaytirib, uning egilyvshanlik modylining ahamiyatini orttirish.

Un tortish jarayonida, avvalo, donlarni mayda bo‘lakshalarga bo‘lib, ulardan yorma-dunst Maxsulotari olish maksimal darajada bo‘lsa, un olish jarayoni ikkinshi darajali hisoblanib, Bu jarayon maydalash jarayoni deb ataladi. Maydalanish jarayonida hosil bo‘lgan yorma-dunstlarni saralab, ulardan yuqori sifatli yormalarni ajratib olib, so‘ng ularni unga aylantirish jarayoni esa un tortish jarayoni deb ataladi.
Valli stanok bilan un elaydigan rassev sistemasi deb yuritiladi.
Maydalash sistemasi rim raqamlari (I, II, III, IV, V), un tortish sistemasi esa arab raqamlari (1, 2, 3, 8 va h.k.) bilan belgilanadi.


O‘Z-O‘ZIHI TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR


1. Don tortishning asosiy vazifasi nima?
2. Maydalash jarayonining umumiy qonuni nimani ifoda etadi?
3. Valli dastgohda donni maydalash jarayoni qanday keshadi?
4.Maydalash jarayonining texnologik samaradorligiga baho berishda nimalar hisobga olinadi?
5.Don tortishda elektro energiyadan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
6. Sarf bo‘lgan energiya quvvati qaysi formyla orqali aniqlanadi?
7. Elektr hajmining salmoq og‘irligi deganda nimani tuchunasiz va 1 t. mahsulot uchun nesha kvt/soat elektr quvvati kerak? Misol keltiring.
Download 23.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling