«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
9 shahobchalari bilan jihozlangan holda, tadbirkorlar uchun ijaraga berish yoki sotish mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada an'anaviy tarzda «hududiy tashkil etish» iborasi qo'llanilib, u odatda, mazmun va shakllari bo'yicha ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishga yaqinroq turadi. Shu bilan birga, oddiy joylashtirishdan farq qilib, ishlab chiqarishni, aholi yoki xo'jalik tarmoqlarini hududiy tashkil ctish, ayni paytda, uni muayyan maqsadga yo'naltirilishi va, eng muhimi, boshqarilishini ham o'z ichiga oladiki, bu ushbu tushunchaning ilmiyroq va amaliyroqligidan darak beradi. Bu yerda tizim (sistema) qoidasiga muvofiq ma'lum bir voqelikni tashkil etish, avvalambor, uni boshqarish niyatida amalga oshiriladi. Ma'lumki, geograflar nigohida hudud qiyofasi o'zining barcha mavjudoti bilan gavdalanadi va bir qarashda u to'la qamrab olinadi. Biroq kо'rib turilgan hududda undagi bor elementlar (yo'l, daraxt, uy, kishilar, transport va hokazo) yakka-yakka yoki aksariyat holda ijtimoiy geografiyaning tadqiqot obyektiga kiruvchi barcha predmetlar turli hududiy majmua shaklini tashkil etadi. Chunonchi, qishloq xo'jaligi tarmoqlari – ekinzorlar yoki chorvachilik yaylovlari, rekreatsiya manzilgohlari, o'rmonzorlar va boshqalar areal (maydon) ko'rinishiga ega. Sanoat markazlari va aholi manzilgohlari nuqta yoki tugun; transport yo'llari, gidrografik shahobchalar esa tasmasimon (chiziqsimon) shaklida ko'zga tashalanadi va xuddi shu tarzda xaritada tasvirlanadi. Bu o'rinda bir so'z bilan aytish mumkinki, ijtimoiy geografiya ana shu maydon, chiziq va nuqtalarning joylashuvi, ularning o'zaro va tashqi muhit bilan hududiy munosabatlarini o'rganadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni hududiy tashkil etishning shakli sifatida hududiy ishlab chiqarish majmualari (komplekslari, sanoat tugunlari va rayonlarni) aholining bunday tashkil etish shakllariga esa turli tip yoki yirikligidagi qishloq va katta-kichik shaharlar, shahar aglomeratsiyalari, konurbatsiya va megapolislarni ko'rsatish o'rinli. Transportda transport tugunlari, aholiga xizmat ko'rsatish geografiyasidagi maishiy kombinatlar yoki fan geografiyasidagi hududiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling