«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet10/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

12 
qanday hodisa ma‘lum bir vaqtda va muayyan bir joyda sodir bo'ladi. Shuning 

uchun geografiyaga tarixiy yondashuv kerak. Sababi, hozirgi voqelik o'z-o'zicha


birdaniga vujudga kelmagan. Mavjud voqelik qachon va qanday sharoitda paydo 
bo'lgan va u qanday rivojlanish bosqichlarini bosib o'tgan – bularning hammasini
hozirgi borliqdan kelib chiqqan holda, aniqlab olmasdan turib asosiy masalani hal 
etib bo'lmaydi. Faqat o'tmishni tahlil etish orqali hozirgini baholab bo'ladi, bu esa
o'z navbatida kelajakni, istiqbolni ilmiy bashorat etishga yo'l ochadi. 
Tarixiylik tamoyilining muhimligini N.N.Baranskiy ham ta'kidlagan. Bu
olim: «Mamlakat va rayonlar iqtisodiy geografik ta'rifini shunday beringki, u 
oyog'i bilan yerga – geologiya, geomorfologiya va tuproqshunoslikka taqalib,
tanasi bilan tarix orqali o'tishi, boshi bilan esa mafkuraga tayanishi kerak» deb 
uqtirgan edi. Ko'rinib turibdiki, tarixiylik iqtisodiy geografik ta'rif va tavsifning
asosiy qismini tashkil etadi. 
Aytish lozimki, geografiyaga tarix qanchalik kerak bo'lsa, tarix uchun ham
geografiya shunchalik zarur. Biroq geografiya tarixga, tarix esa geografiyaga 
aylanmasin. Shu bois gcografiyada tarixiy yondashuv o'tmishning barcha mayda-
chuydasini emas, balki hozirgi holatning yuzaga kelishida aynan qaysi tarixiy 
voqea va bosqichlar sabab bo'lganini aniqlashi yetarlidir. Masalan, agar
respublikamiz poytaxti Toshkent shahrini iqtisodiy-geografik ta'riflamoqchi 
bo'lsak, uning ilk vujudga kelganidan keyin, so'nggi muhim tarixiy voqealar
inobatga olinsa kifoya. Ular: o'tgan asming ikkinchi yarmida (1865-y.) 
Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi va Toshkent Turkiston general
gubernatorligining poytaxti vazifasini bajarishi, 1917-yil sotsialistik inqilob yili
1924-yil O'rta Osiyo respublikalarining tashkil etilishi, 1930-yil O'zbekiston
Respublikasi poytaxtining Samarqanddan Toshkentga ko'chirilishi, Ikkinchi jahon 
urushi yillari, 1966-yil Toshkent yer qimirlashi, va, nihoyat, 1991-yil-
O'zbekistonning mustaqillikka erishgan yili, Toshkentning mustaqil davlat 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling