«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet11/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

13 
poytaxtiga aylanishi va shular kabi. Ana shu burilish yoki tarixiy voqealar bugungi 

Toshkentga, uning hududi, xo'jaligi va aholisi, shahar qurilishiga ozmi-ko'pmi o'z


ta'sirini o'tkazgan, iz qoldirgan. Qolgan oraliq voqealar esa bizga, ayni paytda, 
uncha zarur emas. Binobarin, ularni tarix fani uchun qoldirish kerak.
Geografiyada tarixiylik tamoyili tarixiy geografiyaning o'rnini olmasligi 
lozim. Bu yerda tarixiy yondashuv o'rganilayotgan hodisaning o'tmishiga qisqacha
«safar qilinishini» anglatadi, tarixiy geografiya esa o'tmishning alohida 
pog'onalarida tabiat va, xususan, xo'jalik tarmoqlari, aholi va boshqalar qay
darajada rivojlangan va qanday joylashgan kabi masalalarni tahlil etadi va ko'z 
o'ngimizda gavdalantiradi. Shu bilan birga, tarixiylik geografiyaning tarixi ham
emas. Chunki, geografiyaning tarixi deganda so'z ko'proq geografik kashfiyotlar 
to'g'risida boradi.
Shunday qilib. tarixiylik tamoyili, tarixiy geografiya va geografiya tarixidan 
farq qiladi, u bu yerda qo'yilgan maqsadga to'laroq qanday erishish asoslaridan
birini ifodalaydi, o'tmishga bugungi kun nuqtai nazardan emas, balki unga o'sha 
davr va muhitdan kelib chiqqan holda baho berish. mavjud-voqelikka tarixiy
qarashni talab etadi. 
Aslini olganda, tarixsiz geografiya (geografiyasiz tarix) bo'lmaydi. Demak,
ular bir-birlarini to'ldiradi. Ammo ularga alohida-alohida qarash ham noto'g'ridir. 
Chunonchi, nemis olimi A.Gettner geografiyada tarixiylikni inkor etgan, u
xronologiyani rad etib, xorologiyani tan olgan. Bu jihatdan u nemis olimi, faylasuf 
I.Kant g'oyalariga asoslangan. Albatta bunday bir tomonlamalik ham nojoizdir.
Hatto an'ana bo'lib qolgan «Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va 
joylanishi» iborasi ham bu ikkilikning chambarchas bog'liqligini bildiradi. Bu
yerda agar rivojlanish tarix bo'lsa, joylanish geografiya demakdir. Har qanday 
rivojlanish ma'lum bir hudud doirasida amalga oshadi, joylashuv esa
rivojlanishning hududdagi aksidan boshqa narsa emas.





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling