«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
10 ilmiy tadqiqot majmualari ham ushbu sohalarning hududiy tashkil etish shakllariga kiradi.
komplekslik dir. Biroq, bu yerda kompleks ishlab chiqarishning ijtimoiy yoki hududiy tashkil etish shaklini emas, balki masalaga, fan obyekti va predmetiga yondashuv ma'nosini anglatadi. Ayni paytda, komplekslilik geografiya uchun alohida usul (metod) ham emas, aksincha, u fanning asoslaridan biri bo'lib, uning o'ziga xos va tub mohiyatini ifodalaydi. Shu bilan birga, ba'zan «kompleks geografik (yoki iqtisodiy geografik) tadqiqot» iborasi ishlatiladi-ki, nazarimizda bu ham ortiqcha yoki xatolikdir. Chunki geografik tadqiqot hamma vaqt kompleks bo'ladi, busiz u o'z mohiyatidan ajralib qoladi. Ekologik yondoshuv asosida ham komplekslilik yotadi va bu uni geografik dunyoqarashga juda yaqinlashtiradi. Kompleks qarash o'rganilayotgan obyektga atroflicha yondashuv, uni aloqadorlikda ko'rishni taqozo etadi. Shu ma'noda, u tizimli (sistemali) qarashga ham yaqinlashadi. Ammo bu tamoyildan to'g'ri va oqilona foydalana olish lozim. Aks holda, tadqiqot natijasi «har sohadan bir shingil» sayoz, yuzaki va quruq bo'lib, ba'zan o'zi nimani o'rganish kerakligi ham sezilmay qolinadi. Binobarin, ushbu tamoyil mohiyatini misli daraxt shaklida tasavvur qilmoq zarur: daraxt tanasi o'rganilayotgan asosiy hodisa bo'lsa uning shoxi va shoxchalari shu muammo bilan bevosita aloqador masalalar majmuasidir. Bunda daraxt tanasi o'ta yo'g'onlashib, shox-shabbasiz va, aksincha shoxlar kattalashib, uning tanasi ko'rinmay qolmasligi kerak. Birinchi holda komplekslikning o'zi bo'lmaydi, ikkinchisida esa haddan tashqari masaladan chetga chiqib ketish ayondir. Masalan, bog'dorchilik geografiyasida temir yo'l transporti yoki aholining tug'ilishni chuqur o'rganish aslo talab qilinmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling