10-12-mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari
Reja:
Umumiy ta’lim maktabi o’quvchilarning jismoniy tarbiyasi
O’quvchilar jismoniy madaniyat mashg’ulotlarining shakllari
O’quvchilar jismoniy madaniyati mashg’ulotlarining dars shaklini tashkil etish va darsning vazifalari
Jismoniy madaniyat darsining mazmuni
Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi
Jismoniy madaniyat darslari (mashg’ulotlar)da o’quvchilar faoliyati va uni boshqarish
Jismoniy madaniyat darsiga qo’yiladigan talablar va ta’lim jarayonida sodir bo’ladigan xatolar ustida ishlash
Jismoniy mashqlar bilan o’quvchilarni mustaqil shug’ullanish malakalarini shakllantirish
Nazorat uchun savollar
Foydalanish uchun adabiyotlar
Umumiy ta’lim maktabi o’quvchilarning jismoniy tarbiyasi
Maktab yoshidagi bolalar jismoniy madaniyatini shakllantirish jarayoni biz pedagoglardan maktab o’quvchilari bilan ishlash jarayonida ularning jismoniy madaniyatini asosi, uning mazmuni, strukturasi, vositalari, tashkillash shakillari, hayotiy zaruriy harakatlarga hamda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishga o’rgatishning metodlariga oid maxsus kasbiy nazariy va kasbiy amaliy bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi.
Mamlakatimizda sifati xalqaro me’yorlarga javob beradigan 11 yillik majburiy ta’lim joriy etildi. Prezidentimiz har tomonlama rivojlangan, jismonan sog’lom va ma’naviy barkamol avlod tarbiyasini O’zbekistonni rivojlanishida vazifalardan biri darajasiga ko’tardi.
Jismonan har tomonlama rivojlanishning poydevori majburiy ta’lim jarayonini barcha bo’g’imlari (maktabgacha yoshdagilar, maktab yoshidagilar, professional va oliy ta’lim tizimi)da jismoniy madaniyat ta’limi, jismoniy tarbiya jarayoni tarzida uzluksiz yo’lga qo’yish strategiyasini ishlab chiqdi va uni amalga oshirmoqda.
Maktab yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya jarayonining maqsadi asta-sekinlik bilan ularni jismoniy kamolotga erishishi va shu asnoda hayotga, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlashni nazarda tutadi.
O’quvchilar jismoniy tarbiyasi jarayonida umumiy va xususiy vazifalar hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |