Mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari Reja
O’quvchilar jismoniy madaniyat mashg’ulotlarining shakllari
Download 0.54 Mb.
|
2-mavzu
O’quvchilar jismoniy madaniyat mashg’ulotlarining shakllari
Sohaga oid umumiy va maxsus adabiyotlar, mamlakatimiz jismoniy madaniyat tizimi va amaldagi jismoniy madaniyat DTSlari, o’quvchilarining jismoniy tarbiyasi mashg’ulotlarining quyidagi shakllarini umumiy ta’lim maktablarida foydalanishni tavsiya qiladi. Ular: o’quv ishlari tarzidagi mashg’ulotlar sinfdan tashqari ishlar shaklidagi mashg’ulotlar (maktab jismoniy madaniyat jamoasi (MJMJ) tomonidan tashkillanadigan, o’quv kuni tarkibidagi sog’lomlashtirish mashg’ulotlari, maktabdan tashqari muassasalardagi mashg’ulotlar, oiladagi jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mashg’ulotlari, davlat va nodavlat o’quv sport muassasasidagi mashg’ulotlar deb nomlanadigan mashg’ulot shakllaridan foydalaniladi. Qayd qilingan mashg’ulotlar shakllarining modeli o’quvchilarning «Umid nihollari» sport o’yinlari musobaqalari dasturiga kiruvchi sport turlarining trenirovka mashg’ulotlari bilan boyidi (1-chizmaga qaralsin) va undan keng ko’lamda foydalanilmoqda. 1-chizma Maktabdan tashqari o’quv sport muassalarida - o’quv-sport trenirovkalari, sport trenirovkalari, o’quv - sport trenirovka yig’inlari, sinov-nazorati musobaqalari shaklidagi mashg’ulotlar, sog’lomlashtirish maqsadidagi «sog’lomlashtirish trenirovkasi» mashg’ulotlari tashkillanadi va o’quvchilar maktabdan tashqari o’quv sport muassalarda darsdan so’ng shug’ullanadilar. Bundan tashqari oilada jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining turli shakllari tashkillanadi va o’tkaziladi. Qayd qilingan mashg’ulotlar o’quvchi jismoniy tarbiyasi jarayonining alohida bo’g’inidagi mashg’ulotlarning shakllari xisoblanadi. Qayd qilingan jismoniy tarbiya jarayoni mashg’ulotlari, ularning mazmuni va tuzilishining o’zaro uzviyligi, birini ikkinchisiga ulanishi, mashg’ulotlarning oralig’ini qisqa yoki juda keng bo’lib ketmasligi, shug’ullanuvchining organizmini jismoniy yuklamalardan so’ng tiklanishi darajasi, oldingi mashg’ulotdagi jismoniy yuklamaning ta’siri soyasiga navbatdagi mashg’ulot yuklamasini tushishidan sodir bo’ladigan ta’sirni to’planishi, mashg’ulotni tashkillash uchun sharoitni, inventar, jihozlarni mavjudligi, mutaxassisning kasbiy nazariy va amaliy tayyorgarligidek boshqa qator jihatlar maxsus adabiyotlarimiz (B.A.Ashmarin,1978: L.P.Matveev, 1991; F.A.Kerimov, 2004; Yu.M.Yunusova 2005: A.Abdullaev, Sh.Xankeldiyev, 2009 va boshqalar)da o’z ifodasini topgan. Masalan, akademik L.P.Matveev o’zining jismoniy madaniyat institutlarining talabalari uchun yozgan darsligida (1991) jismoniy madaniyat mashg’ulotlarini «asosiy» mashg’ulotlar (dars shakli) va dars tipiga o’xshamaydigan boshqa mashg’ulotlar deb guruhlangan. Mashg’ulotlarning qayd qilingan guruhlanishi harakatlarni o’qitish jarayonida asosiy yoki asosiy bo’lmagan shakllarini tanlashni mutaxassis uchun osonlashtiradi. Mashqlanish jarayonida rivojlanayotgan, tarbiyalanayotgan sifatlarni, organizmning funktsional holatiga samarali ta’sir doirasi qulay mashg’ulot shakllaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Umumiy ta’lim maktablari, maktabdan tashqari muassasalar, oila va boshqa nodavlat o’quv-sport muassasalarning hamkorligi va ularda tashkillanayotgan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari orqali davlat buyurtmasini bajarish “...jismonan barkamol avlod tarbiyasi” yagona davlat tarbiya tizimiga umumlashtirilgan. Maktabdan tashqari muassasalar esa o’z tarkibida - «Bolalar sport maktablar (BSM)», «Bolalar o’smilar sport maktab (BO’SM)lari», «Olimpiada zahiralari sport maktab (OZSM)lari», «Oliy sport mahorati maktab (OSMM)lari», «Markaziy sport sektsiyalari» shuningdek, sport inshootlari, suv havzalari, istirohat bog’lari, madaniyat uylari, bolalar texnik klublari, nodavlat o’quv sport bazalarini o’zida mujassamlashtiradi. Ular o’z navbatida o’quvchilar uchun jismoniy madaniyat to’garaklari, sport sektsiyalari mashg’ulotlari hamda sog’lomlashtirish trenirovkalarini yo’lga qo’yadi. Oilada jismoniy madaniyat mashg’ulotlarining shakllari turlicha bo’lib, ular - ertalab uydagi ertalabki gigienik gimnastika, jismoniy tarbiyadan uy vazifasini bajarish mashg’uloti, umumiy ta’lim fanlaridan dars tayyorlash davomidagi jismoniy madaniyat daqiqalar, pauzalari, mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlari (trenirovkalar), kattalar, ota - onalar bilan dam olish kunlaridagi aktiv dam olish maqsadidagi shahardan tashqariga sayr-sayohatlar, uyqudan oldingi sayrlap va boshqa mashg’ulotlar tarzida o’zining mazmuni va tashkil etish metodikasiga ega. Yuqorida qayd qilingan o’quvchilarning oilada o’tkaziladigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining tuzilishi, mazmuni, ularni tashkillash, o’tkazish maktab o’quv kuni tarkibida o’tkaziladigan mashg’ulotlar tarzida tashkillanadi. Umumiy ta’lim maktabi o’quvchilarning jismoniy madaniyatini, jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy mashg’ulot shakli - maktab jismoniy tarbiya darsidir. Maktabda dars jadvali orqali majburiy o’qitiladigan jismoniy madaniyat darsidan boshqa quyidagi mashg’ulotlar o’tkaziladi. Ular: «darsgacha gimnastika», o’quv kunining ikkinchi yarmidagi umumiy ta’lim fanlarining darslarida o’tkaziladigan «jismoniy madaniyat daqiqalari», «uyushtirilgan tanaffuslardagi o’yinlar», «sport ko’ngil ochish tadbirlari», «kuni uzaytirilgan maktablardagi ommaviy jismoniy madaniyat mashg’ulotlari», «maktab sport sektsiyalari»dagi mashg’ulotlar, «Alpomish» va «Barchinoy» salomatlik testi talablari va normalarini topshirishga tayyorgarlik mashg’ulotlari, «sport bayramlari», «musobaqalar», «quvnoqlar va zukkolar» uchrashuvlari, «salomatlik kunlari», «sport kunlari», «sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati kunlari» va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari tarzida o’quv kuni tarkibida tashkil qilinadi. Umumiy ta’lim maktablarida bu mashg’ulotlarga alohida aniq vazifalar qo’yilib ularni hal qilish yo’lga qo’yiladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling