Mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari Reja
Tayyorlov qismining bloklarga ajratilishi (A)
Download 0.54 Mb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tayyorlov qismining strukturasi (tahminiy) (B)
Tayyorlov qismining bloklarga ajratilishi (A)
Darsning tayyorlov qismining strukturasi (tahminiy) (B) Tashkiliy daqiqasi 3-5 (6-8 daq)
Tana bo’g’inlari, muskullari uchun harakatda yoki o’quvchilarni belgilangan joyda to’xtatib, turli xildagi umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (URM) bajartiriladi. Bunday mashqlar darsning asosiy qismi vazifalarini hal qilishni nazarda tutib tuzilgan komplekslar tarzida bajartiriladi. Bunday komplekslari tuzish mutaxassisdan belgilangan nazariy bilimlarni talab qiladi. Jismoniy mashqlar komplekslarini tuzish va ularga bajarishda amal qiladigan qoidalar. Biz quyida tana skeleti mushaklarini rivojlantirish maqsadida jismoniy mashqlar komplekslarini tuzish va ularni bajarishda amal qilinadigan qoidalarni e’tiboringizga havola qildik: a) jismoniy mashqlar komplekslarini tuzishning asosiy qoidalari. Jismoniy tarbiya yoki STT jismoniy madaniyati mashg’ulotlarida foydalanish uchun bajariladigan mashqlar kompleksini tuzishning jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyoti tavsiya qilgan koidalarini bilish taqozo etiladi. Ular: Birinchi mashq - hamma vaqt gavdani to’g’rilaydigan, qaddi-qomatni rostlaydigan, tana skeleti mushaklarini barchasini “cho’zish” tipidagi harakatlardan iborat bo’lishi kerak (bitta mashq); Ikkinchi mashq - qo’l, yelka kamari, bo’yin muskullari uchun (1-2 ta mashq): Uchinchi mashq - gavdaning asosiy muskullari uchun (2-3 ta mashq); Turtinchi mashq - oyok muskullari uchun (1-2 ta mashq); Beshinchi mashq - umumiy ta’sir ko’rsatish uchun sakrab-sakrab oldinga siljish, o’ng, chap oyoklarda navbat bilan yoki ketma-ket sakrashlar, yurish, yugurishlar (1-2ta mashq) - Takrorlash miqdori - mashqlarning qaysi mushaklar guruhlarini o’z ichiga olishi bilan bog’liq mushaklar guruhlari qanchalik ko’p jalb qilinib harakatga kelishi nazarda tutilgan bo’lsa, takrorlash miqdori nisbatan shunchalik kam bo’lishi, chunki katta muskul guruhlarining ishlashi ko’p kuch sarflashni talab qiladi. Uzoq vaqt ishlash bu mushak guruhlarini tez toliqtiradi. 2-3 oy mobaynida o’tkazilayotgan dastlabki mashg’ulotlar orqa qorin, son kabi bir necha asosiy muskul gruppalarini qamrab oladigan mashqlar bo’lishi va ular taxminan 6-8 marta takrorlanishi, keyingi takrorlash miqdori esa sekin-asta oshirilishi mumkin. Bo’yin, qo’l oyoqning tovon-panja qismi kabi mayda mushaklar uchun bajariladigan mashqlarning miqdori, takrorlashlar sonini ko’paytirish maqsadga muvofiq. Chunki, ularni bajarish shug’ullanuvchini tez charchatmaydi. Dastlabki mashg’ulotlar davomidagi mashqlarni takrorlash sur’ati pastroq bo’lishi, agar mashq katta mushaklar guruhlari uchun mo’ljallangan bo’lsa, bu mushaklar guruhi uchun mashqlar osoyishta, maromli yoki bajarish sur’ati o’rtacha bo’lishi maqsadga muvofiv, yoki harakatda maydaroq, mushaklar guruhlari qatnashsa, mashqlar tez va juda yuqori sur’at bilan bajarilsa uning natijasi yuqori bo’ladi. Aslida sekin bajarish bilan boshlangan mashqlarni bajarish sur’atini tezlashtirish bilan tugallash yoki bajarish sura’tini aralashtirib bajarish qoidasiga rioya qilish bilan mashqlarni ta’sirchanligining kuchini o’zgarishi qonuniyatdir. b) mashqlar yoki mashqlar kompleksini bajarishda amal qilishdigan qoidalar. Mashqlarni bajarish yoki mustaqil maqsadli tuzilgan jismoniy mashqlar kompleksini bajarishda kuyida tavsiya qilingan qoidalar mashqni bajarishda mushaklar guruhi yoki ichki a’zolariga ta’sirni oshiradi: katta kuch talab qiluvchi mashqlarni bajarish (agar yuk, katta vaznli shtanga ko’tarish)da nafasni hamma vaqt burun bilan olish va og’iz bilan chiqarishdan foydalanish maqsadga muvofiq. Ayrim holatlarda nafas chiqarmay yuk ko’tarish mashqini bajarishga to’g’ri keladi. Bunday holat ish bajarish orqali organizmda sodir bo’lgan modda almashuvi davomida yuzaga kelgan va chiqarib yuborilishi zarur xisoblangan karbonat angidrid (is gazi)ni to’planib qolishiga sabab bo’lishi mumkin. Bu gazni organizmda to’planib qolishi sut kislotasini miqdorini oshib ketishiga sabab bo’ladi va o’z navbatida funktsional faaliyatni buzilshlini yuzaga keltiradi. nafas ko’krak qafasi rostlangan, qo’l esa belga qo’yilgan, yon tomonlarga yoki yuqoriga uzatilgan, ko’tarilgan xolatlarda olinadi. nafas chiqarish ko’krak qafasi va qorin siqilgan (gavda engashgan, bukilgan va boshqa) paytlarda chiqariladi; agar mashqni bajarish jarayonida bir necha mushaklar guruxlari (oyoq, qorin va qo’llar) ishtirok etsa, nafasni hapakat ritmi bilan moslagan holda erkin nafas olish tavsiya qilinadi. Nafas olish mashqlari har bir kompleksga kiritilishi, lekin, mashqlanishning oxirida, sakrash, yurish yoki yugurishdan keyin emas, kompleks o’rtalarida, nafas kechiktirib chiqariladigan yoki muskullarning ko’p kuch sarflashini talab etadigan mashqlardan keyin ham kiritishning ahamiyati katta. Bunday mashqlar ishlayotgan mushaklarga keladigan qonning xajmini ortishiga olib keladi va bu bilan mushaklarni isishini tezlashtiradi. Me’yorli isigan - xaroratga ega bo’lgan mushaklarning tolalarining egiluvchanligi ortadi, shikastlanish havfi chetga suriladi, faoliyati yaxshilanadi. Darsning tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bo’lgan harakat faoliyati uchun “tayyorlov” va “yo’llanma beruvchi” mashqlar bilan tugallanishi amaliyotda qabul qilingan (tayyorlov qismining bloklarini chizmasida 3-4 blok, 5- chizmaga qaralsin). Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling