Mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari Reja


Download 0.54 Mb.
bet14/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1587854
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2-mavzu

Yo’naltirilgan maqsadiga ko’ra metodik darslar asosan soxaning tajribali mutaxasislarining boy tajribasini o’rganish, jismoniy tarbiya darslariga oid innovatsion texnologiyalar, darsning nazariyasi, uni tashkillash, tashkillash metodlari va o’tkzish texnologiyasiga kiritilgan o’zgarishlarni tahlil qilish, tajriba almashish, munozaralar, suhbatlar o’tkazish tarzida uyushtiriladi.
Bunday darslarning predmeti darsning nazariyasi yoki uning metodikasidir. Qayd qilingan darslar - o’quv muassasalarining ochiq darslari, o’zaro darslarga qatnashuv tarzida, metodik birlashmalar rejasi asosidagi darslar sifatida, qayta tayyorlov, malaka oshirish kurslari, fakultetlarining mashg’ulotlari va boshqalarning tarkibida tashkillanadi.
Yo’naltirilgan maqsadiga ko’ra davolash jismoniy tar­biyasi darslari davolash mahkamalariga qarashli - poliklinikalar, kasalxonalarning reabelitatsiya xonalari, davolash kabinetlari, sanatoriyalarning xonalari, davolash markazlarida tashkillanadi.
Qayd qilingan dars turkumining maqsadi to’la, rivojlanishdan orqada qolgan, vaqtinchalik kasallik davrini o’ttandan so’ng tiklanish maqsadida, shikastlanish oqibatida yuzaga kelgan jismoniy kamchiliklar va boshqalarni davolashga yo’naltiriladi. Mazmuni, vositalari, foydalaniladigan uslubiyotlari hamda beriladigan jismoniy yuklama davolovchi tibbiy xodim va soha mutaxassisi tomonidan rejalashtiriladi. Bun­day darslarning davomiyligi individning davolanish tashxisi, uning salomatligi xolati va mashg’ulot uchun yaratilgan moddiy texnik sharoitiga qarab belgilandi. Mashg’ulotda tibbiy xodimning ishtirok etishi shart.
Predmetining mazmuniga ko’ra jismoniy madaniyat darslarining klassifikatsiyasi
Predmetining mazmuniga ko’ra klassifikatsiyalanuvchi jismoniy madaniyat darslari - bilim berish (olish); tarbiya­lash (jismoniy sifatlarini, ma’naviy, ruxiy tarbiya va ular­ning boshqa shakllari)ni tarbiyalash; sog’lomlashtirish vazifalarini xal qilishni maqsad qilib belgilaydi, uni amalga oshiradi.
Bilim berish darslari - o’zining mazmunidan kelib chiqib jismoniy mashqlarning organizmga ta’siri, shug’ullanish jarayonida organizmda sodir bo’ladigan biologik, biomexanik, anatomo-fiziologik, pedagogik, psixologik o’zgarishlar ama­liy malaka va ko’nikmalarning ko’chishi ijobiy, salbiy, xayotiy zaruriy harkat, malaka va ko’nikmalarning shakllanishi, ularning ko’chishi va boshqa ilmiy-nazariy, uslubiy, strukturaviy o’zgarishlarga oid nazariy bilimlarni mujassamlashtiradi.
Mamlakatimizning o’quv mussalarining mustaqilligimizgacha bo’lgan davridagi jismoniy tarbiya dasturlarida na­zariy bilim berish darslariga (o’quv yili davomida 2-4 soat hajmida) alohida vaqt ajratilgan va bu o’z natijasini bergan. Amaldagi DTSning jismoniy tarbiya dasturi nazariy bilimlarni o’qitishni amaliy darslari davomida amalga oshirishni tavsiya qilgan. Uslubchilarning fikricha o’qituvchilar faqat amaliy malakalarni shakllantirishni o’zlarining aso­siy ishi deb qarab, nazariy bilimlarni o’quvchilarda shakllantirishga nisbatan kam e’tibor berayotirlar degan fikr bildirmoqdalar.
Shunga ko’ra darslarda naziriy bilimlarga nisbatan e’tiborni kuchaytirish hozirgi kun uchun dolzarbdir. Ayniqsa, sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati nazariy bilimlari qayd qilingan klassifikatsiyadagi darslarni taqazo etadi.
Tarbiyalash darslari - o’z mazmunidan kelib chiqib jismo­niy sifatlarni rivojlantirish, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish jarayonida aqliy, ma’naviy, ruhiy, estetik, mehnat tarbiyasini amalga oshirishdek tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga yo’naltirilib tashkil qilinadi.
Xar qanday harakat faoliyati, harakat aktini belgilangan ritmda uzoq muddat da­vomida bajarish - chidamlilikni, uni tez, yuqori intensivlikda bajarish tezlik, tezlik-chidamliligini, kuch sarflab takrorlash kuch harakat sifatini tarbiyalashi sir emas. Aynan shu mashqni bajarish orqali aqliy tarbiyani, uni chiroyli, ko’rgan havas qiladigan darajada bajarish esa estetik tarbi­yani shakllantirishidek jihatlari, maqsadiga ko’ra tarbiya­lash darslarida amalga oshiriladi. Gimnastning qo’shpoyadagi qoyil-maqom qilib bajargan mashqi, sprinterning stardan chiqishi, masofa bo’ylab tezlik-kuch sifatlarini namoyon qilishining tashqi go’zalligini xis qilish tarbiyalash darslarida amalga oshiriladi. Shug’ullanishning o’zi mehnat. Organizm ijro uchun quvvat sarflaydi, uzoq vaqt samarali mashqlanish mehnat qilish malakalarini tarbiyalaydi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida predmetiga ko’ra Sog’lomlashtirish darslari, ish qobiliyatini tiklash, organizmining tashqi ko’rinishini yaxshilash (rivojlantirishga) yo’naltirilgan darslar deb guruhlanib tashkillanadi. Bu guruhdagi darslarning aniq vazifalari ularning nomlari mazmunida ifodalangan. Qayd qilingan darslar guruhining hayotiy - amaliy ahamiyati o’ta muhim. Ularni yo’naltirib tashkillash dars qatnashchilariga umri davomida o’zi, oilasi, farzandlarining tarbiyasi uchun zaruriy bilimlarni beradi.
Jismoniy tarbiya darslarining metodik xususiyatlariga ko’ra klassifikatsiyasi tarkibida reproduktiv - o’rganish maqsadida qayta takrorlash mumkin bo’lgan darslar; yangilik axtarish maqsadi bilan tashkillanadigan (evristik) darslar; ilmiy tadqiqotlar o’tkazish maqsadida tashkillanadigan dars­lar; muammoli darslar deb nomlanuvchi darslarni o’zida mujassamlashtiradi.
Jismoniy madaniyat darslarining reproduktiv maqsadida tashkillashdan o’rganilganlarni qayta takarorlash imkoniyati qulay. Ilmiy tadqiqotlar davomida evristik darslardan foy­dalaniladi. Oldindan o’rganilishi lozim bo’lgan muammalar aniqlanib ularni hal qilish darslari tashkil qilinadi.
Mavzu bo’yicha testlar

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling