Mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari Reja


O’quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkil etish metodi­kasi


Download 0.54 Mb.
bet10/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1587854
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
2-mavzu

O’quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkil etish metodi­kasi. Mashqni bajarish uchun uni mazmunini alohida tushintirishga vaqt sarflamay, bir vaqtning o’zida ham tushintirib. Ham bajarishni to’xtatmay mashqlarni biri-biriga ulab bajarish tushuniladi. Mashqlarning ijrosi ketma-ketligi navbatdagi tushuntirishlarsiz, yangi mashqni oldin bajarilganiga o’lab uzluksiz bajarilishi orqali vaqtni tejash im­koniyatini yuzaga kelishi bilan o’quvchi faoliyatini tashkillashning boshqa uslubiyotlariga nisbatan afzalligi isbotlangan. O’quvchilar faoliyatining tashkillashni boshqa qulayliklaridan biri - uslubiy ko’rsatmalarni, harakatni (mashqni) bajarish ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun mashqni bajrilishini to’xtatmay, yuqori zichlikka erishish maqsadida fa­oliyatini to’la, ulab bajarish imkoniyatining mavjudligidir.
Uzluksiz - ulab bajarish uslubiyatida ham yuklama me’yorini, ham uni hajmini, intensivligini guruhdagi barcha o’quvchi uchun (jismoniy tayyorgarligidan qat’iy nazar) bir xilda teng bo’lishligiga erishiladi. Bu bilan sinf, guruh o’quvchilari o’zlarining umumiy jismoniy tayyorgarligini baholash, ayniqsa, tengdoshlariga nisbatan o’zlarining harakat tayyorgarligi imkoniyatlari darajasini qiyoslash, solishtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’quvchilar faoliyatini tashkillashning qayd qilingan metodikasi asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlari hamda endigina yangi o’quv materialni o’zlashtirish boshlangan darslarning asosiy qismlarida kengroq foydalaniladi.
O’quv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish bilan o’quvchilar faoliyatini tashkillash metodikasining mazmuni jismo­niy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi, darsda qo’yilgan vazifalarni turli-tumanligi, uni hal qilish uchun lozim bo’lgan jihozlarni xisobga olish bilan ko’p sonli o’quvchilarni mayda guruhlarga ajratish bilan tashkillash tushuniladi. Bunday mayda guruhlarning tarkibi doimiy yoki o’zgaruvchan bo’lishi mumkin (24-rasmga qaralsin). Doimiy guruh tarkibi sinf o’quvchilarining jismoniy tayyorgarliga, jismoniy rivojlanganligining ko’rsatgichlarini bir-biriga teng yoki yaqinroq bo’lishlaridan tuziladi. O’zgaruvchan guruh esa dars­ning tayyorlov qismi tugagandan so’ng sinf o’quvchilarini safda yurib turganida alohida buyruq bilan guruhlarga ajratish bi­lan tashkillanadi. Bu uslubiyatdan asosan dasturning gimnas­tika bo’limi materiallarini o’qitish darslarining asosiy qismida nisbatan kengroq foydalaniladi. Yengil atletika, sport o’yinlari darslarining aksariyatida ham o’quvchilarning fao­liyatini boshqarishning qayd qilingan metodidan foydala­nish e’tiborga loyiq darajada samara berishi hozirgi kun jismoniy tarbiya darslarini tashkillash va o’tkazish orqali isbotlangan. O’quvchi faoliyatini tashkillashning guruhchalarga ajratib o’qitish metodini ta’lim jarayonida o’quvchilarning jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligini xisobga olish (diferentsiyalash)ga imkoniyat yaratadi. O’z navbatida bu o’qitish jarayonini kuchiga yarasha, jismoniy imkoniyatini hisobga olishdek uslubiy printsiplarning talablariga rioya qilishni taqazo etadi va ta’lim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi. Har bir guruh faoliyati o’qituvchi topshirig’i bilan mustaqil, alohida vazifani hal qilishga yo’naltiriladi va bu bilan bir emas birnecha o’quv vazifalari kompleksli hal qilinishiga sharoit yaraladi.
Bu uslubiyat har bir guruhi uchun rahbarlik vazifasini bajara oladigan, oldindan tayyorlangan, mashqning ijro texnikasidan xabardor bo’lgan sinfning jismoniy tarbiya guruhlarining «faollari» ni tayyorlashni o’qituvchi zimmasiga yuklaydi.
Sinf o’quvchilari mayda guruhlarga ajratilib tashkillangan darsni olib borishda jismoniy tarbiya faoliga bo’lgan ehtiyoj boshqa metodlarga nisbatan katta bo’lishini e’tiborga olish lozim. Ularni tayyorlash aloxida dastur asosida sinfdan tashqari mashg’ulotlar tarzida guruxning jismoniy tarbiya faolini tabiyalash seminarlarida o’quv muassasasining mutaxassislari tomonidan o’tkaziladi («Sinfdan tashqari ishlar» bobida tanishasiz).
O’quvchi faoliyatini yakkama-yakka tashkil etish metodidan asosan o’quv yilining, o’quv choragining, davlat dasturidagi bo’limlarining o’qitib bo’lingandan so’ng, o’qitilgan mavzularini mustahkamlash, takomillashtirish maqsadida takror­lash vazifa qilib qo’yilgan darslarda foydalaniladi.
O’quvchilar faoliyatini yakkama-yakka tashkillash o’quvchilardan texnik jihatdan ma’lum nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishni, o’z-o’zini va guruhdoshini xavfsizligini ta’minlay bilish, lozim bo’lsa mashqni ko’rsata olishi va eng asosiysi o’zlashtirilayotgan, tanishtirilayotgan, mustaxkamlanayottan va takomillashtirilayotgan o’quv materialini o’quvchilar uchun oldindan o’rganib ulgurgan, mashqning ijro texnikasi ular uchun oldindan tanish harakat faoliyati bo’lishi shart.
O’quvchilar faoliyatini individual tashkillash oldingi darslarda o’zlashtirib ulgurmagan, chala o’zlashtirilgan mavzularni, mashqlarni takroriy, individual o’qitishni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi. Bu uslubiyotdan asosan o’rta va katta maktab yoshidagi o’quvchilar bi­lan o’tkaziladigan darslarda foydalanish tavsiya qilinadi.

O’quvchi faolyayatini sport zal yoki maydonda aylanib maqsadli ketma-ketlikda joylashtirilgan sport jihozlari va anjoliarida mashq qilish (krugovoy trenirovka) metodi orqali tashkillash asosan yuqori sinf o’quvchilari uchun ko’llanildi.
O’quvchilar o’zlari yoki o’qituvchisining buyrug’i yoki buyrug’isiz belgilangan mashqni, o’rganib ulgurganidan so’ng, mashqdan-mashqga (sport jihozidan, sport jihoziga) o’tadilar. Bu uslubiyotning samaradorligi shundaki, darsda vaqti tejaladi, o’quvchilarning barchasi bir vaqtning o’zida band bo’ladi va bu bilan yuqori zichlikga erishiladi. Mustaqil shug’ullanish malakasi yuzaga keladi va instruktorlik malakalari shakllanadi. Bu uslubiyotning «Kreystring» deb ataladigan xillari mavjud:
a) «poezd» tarzidagi kreystring - sport snaryadlari maydon yoki sport zaliga maqsadli ketma-ketlikda joylashtirilgandan so’ng, o’quvchilar birinchi «urinish»ni boshlaydigan sport jihozi oldida «kolonna»ga saflanadilar. O’qituvchining mashqni bajarishni boshlash mumkinligi xaqidagi buyrug’i yoki signalidan so’ng kolonna boshlovchisi va undan keyingilar birin - ketin birinchi snaryaddagi mashqni boshlab navbatdagisiga o’tib mashqlarni bajarishni davom ettiradilar va oxirgi snaryadga birinchi aylanib chiqishni yakunlaydilar (o’quvchilar safini siljishi «poezdga» o’xshatilgan).
Odatda o’quvchilar faoliyatini tashkillashning bu metodidan o’quv choraklarining oxirida, yangi o’zlashtirilishi lozim bo’lgan mavzular o’rganilgandan (o’qitib bo’lingandan) keyin, mashqlarga oid harakat malakalar shakllangan bo’lsa qo’llaniladi.
Bu uslubiyotdan foydalanishda o’qituvchining joy tanlashining ahamiyati muhim. Mashg’ulot joyi to’liq, uning nazorati ostida bo’lishi kerak yoki u shikastlanish havfi kuchli sanalgan sport jihozi yonida, o’quvchilarni shikastlanishdan saqlash uchun shay turishi talab qilinadi.
Mashqlar shunday tanlanishi lozimki o’quvchilar qaysidir sport snaryadining oldida navbat kutib, to’planib qolmasliklari va bu bilan dars vaqtini besamar o’tishiga yo’l qo’ymasliklari lozim. Kanat, brusьya va boshqa snaryadlarda bajariladigan mashqlarning texniksi qiyinligi, bajarish uchun nisbatan ko’proq vaqt ketishini xisobga olsak bu jihozlar yoniga qo’shimcha snaryadlarni qo’yish yaxshi samara beradi.
b) kreystringning obekatlar metodi - sinf o’quvchilari harbir jixozga ikki-uchtadan qilib asosiy qismning boshlanishidayoq taqsimlanadi. Bir nafari snaryadda mashq bajarsa, ikkinchisi uni shikastlanishi xavfsizligini oldini olish uchun sport jihozi oldiga joylashadi, uchinchisi esa mashq ba­jarish uchun navbatini kutib «urinish» qilish uchun tayyorgarlik ko’radi.
Sport jihozini - mashqni almashtirish (bekatdan-bekatga o’tish) uchun o’qituvchi buyruq beradi. Uning signalidan so’ng navbatdagi bekatga ko’chiladi. Bunday uslubiyotning qulayligi shundaki, o’quvchilar qaysidir snaryadning oldida navbat kutib qolishdek noxush holatlar sodir bo’lmaydi. CHunki jihozdan jihozga o’tish buyrug’i o’qituvchining nazorati ostida beriladi.
v) individual kreystring metodi o’quvchi faoliyatini in­dividual tashkillash metodini, asosan to’rtinchi chorakdagi jismoniy tarbiya darslarida, o’quv materiali o’qitilib bo’lingadan so’ng, har bir o’quvchining ayrim harakat malakalarini shaklantirish (shakllanmagan bo’lsa), mustahkalanmaganini mustaxkamlash, takomillashmaganini takomillashtirish maqsadida qo’llaniladi.
Xar bir o’quvchi uchun alohida vazifa qo’yilib (ular naza­riy yoki amaliy bo’lishi ham mumkin) bu vazifalar individu­al hal qilinadi. Bunda o’qituvchi tomonidan o’quv yili davo­mida o’quvchilarning individual o’zlashtirishi ustidan olib borilgan tizimli va izchil nazoratining tazushli juda qo’l keladi. Ayniqsa, tahlil natijalarini individning o’zi bi­lan mustaqil muhokama qilinishi, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni motivini aniqlash, ularni yo’qotish choralari ustida bosh qotirish, o’quvchilarning o’quv predmetiga bo’lgan qiziqishini ortishiga sabab bo’lishi ilmiy tadqiqotlar orqali ham isbotlangan.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, o’quvchilar faoliyati­ni tashkil etish jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, jismoniy madaniyat darslarining samaradorligiga ijobiy ta’sir qiluvchi yetakchi omillardan biridir. Axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonida foydalanish uchun sharoitlarning yuzaga kelishi va ularning ko’lami, ta’lim jarayonidagi innovatsiyalar jismoniy tarbiya ta’limining mazmunini boyishiga sabab bo’lmoqda.



  1. Download 0.54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling