Mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari Reja
Darsning yakunlov qismini tuzilishi tarkibidagi faoliyatlar
Download 0.54 Mb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jismoniy madaniyat darslari (mashg’ulotlar)da o’quvchilar faoliyati va uni boshqarish
Darsning yakunlov qismini tuzilishi tarkibidagi faoliyatlar
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, turli yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilgan jismoniy madaniyat darslarining tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarining tuzilishi va tashkillanishini qiyoslash natijalari, birinchidan, ularni qonuniy ravishda bir-biridan farqlanishini, ikkinchidan, turli xil yoshdagilar chegarasida o’tkazilgan asosiy qismlarning tuzilishi va ularning mazmuni reja bo’yicha o’tkazilayotgan dastur bo’limi bilan bog’liqligini, uchinchidan, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlari uchun sarflanadigan vaqtni o’zgarishi, o’quvchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarligi bilan uzviyligini e’tiborga olinishi shart qilib belgilanadi. 23-rasmda L.P.Matveev, A.D.Novikovlarning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari tarkibida ta’lim jarayoni materialini o’qitish ketma-ketligiga oid rasm tavsiya qilingan. Jismoniy madaniyat darslari (mashg’ulotlar)da o’quvchilar faoliyati va uni boshqarish Umumiy ta’lim maktablari, akademik litseylar, gimnaziyalar, kasb-xunar kolejlari, oliy o’quv yurtlari va boshqa ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat darslari hamda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari davomida o’quvchilarning sport maydoni, zalda harakatlanishi, joylarini o’zgartirishi boshqariladi. Buni o’quvchilar faoliyatini boshqarish deb umumlashtiriladi. Mashg’ulotlar, darslarga o’quv faoliyatini boshqarishga belgilangan talablar qo’yiladi. Unda ta’lim jarayonida sodir bo’ladigan xatolar aniqlanadi va ular tuzatiladi. Jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish mashg’ulotlari shug’ullanuvchidan o’z faoliyatini boshqarish uchun maxsus bilimlarga ega bo’lish talabini qo’yadi. O’quv faoliyatiga oid nazariy tayyorgarlik ko’zlangan maqsadga erishishni osonlashtiradi. Dars (mashg’ulot)lar davomida o’qituvchi rejasiga muvofiq sinf yoki shug’ullanuvchilar guruhdagi o’quvchilarning jismoniy mashqlarni bajarish uchun uyushtirish, mashqlarni o’zlashtirish, mustahkamlash, takomillashtirishni yo’lga qo’yish jarayoni o’quvchilar faoliyatini tashkillash va boshqarish deb tushunilishini bilib oldik. Dars mazmunining asosiy jihatlaridan biri xisoblangan o’quvchilar faoliyatini boshqarishga oid materiallarni o’qituvchilar - maxsus adabiyotlar, tavsiyanomalar, ko’rsatmalar yoki umumlashtirilgan boy tajriba natijalari tarzidagi xisobotlar orqali o’rganadilar. Jismoniy tarbiya ta’limi jarayoni mashg’ulotlari, jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilarning faoliyati quyidagi metodlar orqali boshqariladi, ular: a) jismoniy madaniyat darslarida o’quvchilar faoliyatini birvarakayiga (frontal) tashkillash va boshqarish metodlari; b) mashqlar, topshiriqlar (vazifalar)ni uzluksiz-ulab, ijrosi ketma-ketligini og’zaki bayon qilmay, tushintirishlarsiz mashqlarni to’xtatmay bajarish metodlari; v) sinf (guruh) o’quvchilarni mayda guruhlarga ajratish bilan har bir guruh uchun aloxida vazifalar belgilash va uni hal qilish bilan shug’ullanishni tashkillash metodlari; g) mashg’ulot (dars) o’tkaziladigan sport maydoni yoki sport zaliga foydalaniladigan anjomlarni o’rnatib ularda mashqlarni jihozdan jihozga o’tish bilan maqsadli aylanib (krugovoy trenirovka tarzida) mashqlanish metodlari; d) o’quvchilar faoliyatini individual usulda tashkillash metodlari va boshqalardan foydalaniladi. Frontal mashqlanish metodikasi o’quvchilarning barchasini foydali ish bajarishga birdaniga qamrab olishi bilan afzallikga ega (24-rasmga qaralsin). Bu metod navbat kutishni, tushintirishni, bajarishni o’qituvchi mashqni ijrosi davomida olib borishi, o’quvchilarning barchasini foydali ish bilan bir vaqtning o’zida band qilishiga imkon beradi va dars (mashg’ulot)ning yuqori zichlikda, yuklamaning sur’ati, intensivligi va me’yorini barcha uchun teng, bir xilda bo’lishligini ta’minlaydi. O’quvchilar faoliyatini frontal tashkillashning boshqa metodlardan afzalligi ham shunda. Bu metoddan asosan darsning tayyorlov va yakunlov qismlarida, darsning didaktik vazifalariga ko’ra yangi materialni o’zlashtirish, takomillashtirish darslarida kengroq, kichik maktab yoshidagilarning darslarida boshqa yoshdagilarnikiga nisbatan ko’proq foydalaniladi. Bu metodning salbiy tomoni - o’quvchi bilan individual ishlashda, xatolarni tuzatish yoki to’g’rilash uchun butun sinf o’quvchilarini mashqning ijrosi davomida barchani to’xtatishga to’g’ri kelishidir. Aslida mashqni frontal bajarish davomida sinfdagi (guruhdagi) o’quvchilarni 60-70 % xatoga yo’l kuysagina uni to’g’rilash uchun barchani mashqni bajarishdan to’xtatish metodik talab sanaladi. Lekin, ko’p xolatlarda xatolarni tajribali o’qituvchnlar mashqni bajarish ritmiga moslab, og’zaki sanoqqa qo’shib to’g’rilash, tuzatish uslubidan foydalanadilar. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling