9-mavzu Mukammal raqobat i-qism. Ochiq savollar


Download 70.13 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi70.13 Kb.
#1831442
  1   2
Bog'liq
Mikro misol


9-mavzu
Mukammal raqobat

I-qism. Ochiq savollar:

  1. Bozor tuzilishining 4 modelini sanab o’ting va ular qaysi jihatlar bilan bir-biridan farqlanishini yoritib bering.

  2. Sof raqobat bozorining 4 asosiy jihatlarini tushuntirib bering.

  3. Sof raqobat bozorida faoliyat ko’rsatuvchi korxonaning mahsulotiga bo’lgan talab qanday shakllanadi?

  4. Qisqa muddatli davrda korxonaning foydani maksimallashtirish qoidasini tushuntirib bering.

  5. Sof raqobat bozorida nima sababdan meyoriy daromad mahsulot narxiga teng bo’lishini tushuntirib bering.

  6. Sof raqobat bozoriga misol keltiring.

  7. Uzoq muddatli davrda sof raqobat bozorida korxonaning bozordan chiqishga oid qarori qanday qabul qilinadi.

  8. Nima sababdan sof raqobat jamiyatdagi resusrslardan maksimal darajada samarali foydalanishga ta’minlaydi?

  9. Sof raqobat bozorida firmaning iqtisodiy foydasini oshirish yo’llarini yoritib bering.

  10. Ijodiy halokat (creative destruction) tushunchasining ta’rifini va unga misol keltiring.

II qism. Masalalar

  1. Quyidagi jadvalda mukammal raqobat bozoridagi korxonaning ishlab chiqarish hajmi, umumiy xarajatlari va mahsulot narxi to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Q

1

2

3

4

5

6

TC

12

16

22

30

40

51

P

9

9

9

9

9

9

Ishlab chiqarishning qaysi darajasida korxona maksimal foyda olishini aniqlang.



  1. Mukammal raqobat bozoridagi korxona mahsulotining bozor narxi 50 dollarni tashkil etadi. Korxonaning ishlab chiqarish darajasi 10 000 va 20 000 donaga teng bo’lganda, uning meyoriy daromadini (MR) aniqlang. Korxonaning o’rtacha daromadini toping.

  2. Mukammal raqobat bozoridagi korxonaning xarajatlar funksiyasi berilgan bo’lib, u TC = 50Q + 2Q2 ga teng. Mahsulotning narxi 250 dollarga teng bo’lsa, korxonaning umumiy daromadi va foydasini aniqlang?

  3. Mukammal raqobat bozoridagi korxonaning xarajatlar funksiyasi berilgan bo’lib, u TC = 20 + 33Q – 4Q2 + Q3 ga teng. Mahsulotning narxi qancha bo’lganida korxona o’z faoliyatini davom ettirishi maqsadga muvofiqligini aniqlang.

  4. Ikki korxona mukammal raqobat bozorida bir xil miqdordagi mahsulot ishlab chiqaradi (10 dona) va bir xil narxda sotadi (28 dollar). A korxonaning xarajatlar funksiyasi: ТС  40  4Q  2Q2 ga teng. B korxonaning xarajatlar funksiyasi: ТС  170  Q Q2. Korxonalarning ishlab chiqarish darajasiga oid qarorlarini aniqlang.

III qism. Test

  1. Mukammal raqobat - bu bozor tuzilishining bir turi bo’lib, unda

  1. Korxonalar tomonidan tabaqalashtirilgan tovarlar ishlab chiqariladi;

  2. Bozorda raqobatchilar soni cheklangan;

  3. Yangi korxonalarning bozorga kirishi uchun to'siqlar mavjudl;

  4. Ishtirokchilarning hech biri bozor narxiga ta'sir ko’rsata olmaydi;

  1. Agar mukammal raqobat bozorida faoliyat yuritayotgan korxona o’z ishlab chiqarish darajasini kamaytirsa, u holda...

  1. bozor narxining pasayishiga olib keladi;

  2. bozorga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi;

  3. bozor narxining oshishiga olib keladi;

  4. mahsulotga talabni oshiradi;

  5. mahsulotga bo'lgan talabni kamaytiradi.



  1. Uzoq muddatli davrda mukammal raqobat bozoridagi barcha korxonalar …………. oladi.

  1. faqat oddiy foyda;

  2. yo'qotishlar;

  3. turli iqtisodiy foyda;

  4. ijobiy iqtisodiy foyda;

  5. faqat buxgalteriya foydasi.



  1. Mukammal raqobat sharoitida alohida firmaning mahsulotiga bo’lgan talab egri chizig’I:

  1. absolyut elastik;

  2. absolyut noelastik;

  3. noelastik;

  4. barcha javoblar to'g'ri;

  5. to'g'ri javob yo'q.



  1. Mukammal raqobat bozorida talab egri chizig’I (D), meyoriy daromad (MR) va o'rtacha daromad AR chiziqlari:

  1. Talab egri chizig’I meyoriy daromad MR egri chizig’ida yuqorida joylashgan;

  2. Talab egri chizig’I meyoriy daromad MR egri chizig’I bir-biriga teng, o'rtacha daromad AR chizig’I quyida joylashgan;

  3. Talab egri chizig’I, meyoriy daromad MR va o’rtacha daromad chiziqlari bir-biriga teng mos keladi;

  4. to'g'ri javob yo'q.

  1. Qisqa muddatli davrda mukammal raqobat bozorida korxona ishlab chiqarishni davom ettirishi uchun:

  1. Iqtisodiy foyda olishi zarur (jami daromad TR umumiy xarajatlar TC dan katta);

  2. Korxona ko’rayotgan zarar uning doimiy xarajatlari TFC dan kam (ya'ni, jami daromad TR xarajatlarning katta qismini qoplaydi (barcha o'zgaruvchan TVC va doimiy xarajatlar TFC qismi);

  3. to'g'ri javob yo'q;

  4. a) va b) to'g'ri javoblar.

  1. Qisqa muddatli davrda mukammal raqobat bozorida korxona zararni minimallashtirish uchun ishlab chiqarish hajmini quyidagicha belgilaydi, bunda:

  1. Umumiy xarajatlar TC jami daromad TRdan eng kichik miqdorga oshadi;

  2. Umumiy xarajatlar TC umumiy daromadidan TR eng katta miqdorda oshadi;

  3. Ishlab chiqarish darajasining har qanday miqdorida Umumiy xarajatlar TC jami daromad TR dan oshadi;

  4. to'g'ri javob yo'q.

  1. Qisqa muddatli davrda mukammal raqobat sharoitida korxonaning taklif egri chizig'i:

  1. Meyoriy xarajatlar MC egri chizig'idan yuqorida joylashadi;

  2. Meyoriy xarajatlar MC egri chizig'ining o'sish qismiga to'g'ri keladi, bunda MC ning o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar egri chizig'i AVC bilan kesishgan nuqtasidan yuqorida joylashadi;

  3. Meyoriy xarajatlar MC egri chizig'idan pastda joylashadi;

  4. to'g'ri javob yo'q.

  1. Quyida keltirilgan javoblarning qay biri tuzilishiga ko’ra mukammal raqobat bozoriga mos keladi

  1. meva va sabzavotlar bozori;

  2. go'sht mahsulotlari bozori;

  3. maishiy texnika bozori;

  4. tabiiy resurslar bozori.

  1. Uzoq muddatli davrda mukammal raqobat sharoitida korxonaning muvozanat nuqtasi quyidagi holatda o'rnatiladi:

  1. MR=Р;

  2. MR=МС;

  3. MR(Р)=АТС=МС;

  4. MR=АТС.



Javoblar


Download 70.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling