Mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari Reja


Download 0.54 Mb.
bet8/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1587854
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
2-mavzu

Yakunning mazmuni: o’quvchilar rag’batlantiriladi - ijobiy va salbiy tomonlar aytiladi, sinfning jamoatchi faollarining o’z vazifalariga nisbatan munosabatlari taxlil qilinadi, o’quvchilar rag’batlantiriladi, lozim bo’lganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafar o’quvchining o’zlashtirish darajasiga joriy baholar qo’yiladi, uyga vazifa tarzida berilayotgan jismoniy mashqlar o’quvchilarga tushintiriladi, va dars o’tkazilgan joy (sport maydoni, sport zali va boshqa)dan uyushgan holda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Mashg’ultlar yoki dars boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan o’tkazilsa ularni o’qituvchining o’zi kiyinish xonasiga kuzatib ularni kiyintirishda yordam uyushtiradi.
Boshlang’ich sinflardagi jismoniy madaniyat darslarining asosiy qismlari nisbatan bir xil, tayyorlov va yakunlov qismlarining davom etishining vaqti asosiy qismning davomiyligidan biroz farqlanadi. Yuqori sinflarda esa tayyorlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan keskin farqlanadi.
Boshlang’ich sinflarda bolalar ruhiyati va ularning fizi­ologik xususiyatlari, jismoniy tayyorgarligining yuqori emasligi, darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyin harakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun ko’p vaqt sarflashni talab qiladi.
Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va ko’rsatish katta yoshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida o’qituvchi tomonidan «tushintirish»ga ko’p vaqt sarflashni taqozo etadi.
Kichik maktab yoshdagilarda darsning yakunlov qismini tu­zilishi asosiy qism hisobidan uzunroq bo’lishi mumkin.
O’rta va yuqori sinfga o’tgan sari darsning tayyorlov va yakunlov qismlari uchun sarflanadigan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. CHunki bu yoshdagi o’quvchilarda turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini aniq, bajarish malakasi yuqori bo’ladi. Tushuntirish va ko’rsatish uchun kam vaqt sarflanadi.
Asosiy qismda o’quvchilar tomonidan katta hajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga ko’ra tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarining turli xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilishi o’zining xususiyatlari bilan ajralib turadi va farqlanadi.
Yakunlov qismining taxminiy tuzilishi chizmada qayd qilingan elementlardan tashkil topadi. Ularning mazmuni haqida «O’quvchilar faoliyatini tashkillash» mavzusida ma’lumotlar berilgan.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling