«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
6 bo'ladi. Shunga mos ravishda bu fanning tadqiqot predmeti va vazifalari ham takomillashib boradi. Ayni paytda bunday evolyutsion jarayonlar fan nomini zamon talabiga muvofiqlashuviga olib keladi. Binobarin, an'anaviy iqtisodiy geografiya asta-sekin iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga, u esa, o'z navbatida, yanada murakkabroq shaklga – ijtimoiy geografiyaga aylanmoqdaki, bu ushbu fanni jahon miqyosidagi andazalarga moslashtiriladi. Aytish joizki, mazkur fanning muayyan bir barqaror, barchani qanoatlantimvchi ta'rifi mavjud emas. Bunga sabab esa geografiya fanining keng qamrovliligi, obyekt va nomining davr mobaynida o'zgarib turishi bo'lishi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiy geografiya ta'riflarining ko'pchiligida ishlab chiqarish kuchlari va ularning joylashtirish xususiyatlari ta'kidlanadi. Bular ushbu fanning o'zak tushunchasiga, aksiomasiga aylanib qolgan. Albatta, bu bejiz emas, chunki iqtisodiyotning asosini ishlab chiqarish kuchlari, iqtisodiy geografiyaning mohiyatini esa ularning joylashuv xususiyatlari belgilab beradi. Qolaversa, rivojlanish faqat aniq bir joyda, makonda amalga oshadi, shu bois, joylanish rivojlanishning hududiy in'ikosidir. Masalaga bunday yondoshuv nazarimizda, iqtisodiy geografiyaning tarixiy rivojlanishi bilan bog'liq. Ma'lumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirish muammolari dastavval Yevropada, xususan, Germaniyada nemis olimlari I.Tyunen, A.Veber, A.Lyosh, V.Kristaller va boshqalar tomonidan amaliyotda ko'rib chiqilgan. Biroq ular o'zlarining joylashtirilish (shtandort) g'oyalarining natijasini «Iqtisodiy geografiya» deb ta'riflashmagan. O'ylaymizki, hozirgi kunda ham fanning ta'rifida «ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi» iborasini qoldirish kerak. Zero, har qanday joylashtirish muayyan bir hududda amalga oshiriladi. Ammo fanimizning bugungi predmeti uchun bu kifoya qilmaydi. Sababi: u endi iqtisodiygina emas, balki iqtisodiy va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling