«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
7 ijtimoiy geografiya maqomini olmoqda. Shu jihatdan, bunday ta'rif fanning nomi bilan mazmunini to'la aks ettirmaydi. To'g'ri, «ishlab chiqarish kuchlari» eng avvalo uning subyekt, ya‘ni egasi bo'lgan aholini ham o'z ichiga oladi. Lekin bu yerda aholi, asosan, ishchi kuchi mazmunida, ya'ni iqtisodiy kategoriya shaklida nazarda tutiladi. Inson, uning ijtimoiy hayoti, sotsial muhitdagi o'zaro munosabatlari esa bu ibora qamrovidan chctda qoladi. Busiz fan ilgaridagidek iqtisodiy, ishlab chiqarish geografiyasi bo'lib qolaveradi. Yuqoridagi fikr va mulohazalaridan kelib chiqqan holda, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya ta'rifini, taxminan, shunday berish mumkin: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya mustaqil fan sifatida turli mamlakat va rayonlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va joylanish xususiyatlarinj hamda inson hayot- faoliyati va yashash tarzining hududiy jihatlarini o'rganadi . Qisqacha qilib esa ijtimoiy geografiyani jamiyat hayoti va faoliyatini hududiy tashkil etish to'g'risidagi fan, deb ta'riflash to‘g‘ri bo'ladi. Shubhasiz, keltirilgan ta'rif ham mutlaq aniqlikka da'vogar emas. Ammo shu bilan birga aminmizki, u iqtisodiy va ijtimoiy jabhalarni qamroviga olgan holda, fanning tub mohiyatini o'zida aks ettiradi va uni to'la ifodalab beradi. Berilgan ta'rifning ega va kesimi, aniqlovchisi va to'ldiruvchisi, ya'ni birinchi va ikkinchi darajali bo'laklari mavjud. Chunonchi, agar ushbu ta'rifdan gapning egasi - «turli mamlakat yoki rayon», «hudud» tushunchalari olib tashlansa, u holda geografiyaga o'rin qolmaydi. Demak, aynan ana shu iboralar ushbu ta'rifning geografiyaga taalluqligidan dalolat beradi. Ayni shunday «xususiyat» (kesim) so'zi ham geografiya uchun o'ta muhimdir. Chunki fanning asosiy va pirovard maqsadi ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi, inson hayoti tarzining turli rayonlaridagi o'ziga xos va betakror xususiyatini ochib berishdan iboratdir (tarixda ham xuddi shunday |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling