«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet19/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

22 
A.Y.Skopinning fikriga ko‗ra, iqtisodiy geografiyaning obyekti antroposfera 

(ekosfera) bo‗lib, bu yerda xo‗jalik faoliyati rivojlanadi, tadqiqot predmeti esa,


tizimli yondashuvlar asosida geoiqtisodiy muammolar yechimini izlash va 
antroposferaning transformatsiyasini o‗rganishdir.
1960-1970-yillarda geografiya – hududiy tizimlar haqidagi fan degan 
qarashlar yuzaga keldi. Lyudvig fon Bertalanfi fikriga ko‗ra: ―Tizim bu doimo
o‗zaro munosabatda bo‗lib turadigan elementlar majmuasidan iborat‖. 
Y.G.Saushkin ―Iqtisodiy geografiya – hududiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning
shakllanishi, faoliyati va rivojlanish jarayonlari hamda ushbu tizimlarni boshqarish 
haqidagi fan‖, deb ta‘kidlagan. A.I.Chistobayev, M.D.Sharigin, V.V.Voronin va
boshqalar ―iqtisodiy va ijtimoiy geografiya hududiy ijtimoiy tizimlarni o‗rganadi‖, 
degan fikrni ilgari surishgan.
A.S.Soliyevning fikriga ko‗ra, har qanday fan alohida fan sifatida faoliyat olib 
borishi uchun, avvalo, u o‗z tadqiqot obyektiga, o‗zining predmetiga ega bo‗lishi
kerak. Bu yerda obyekt serqirra borliq, hodisa yoki voqealar bo‗lib, u birgina fan 
uchun emas, balki ko‗p fanlar birikmasi uchun xizmat qiladi. Masalan: aholi, ayni
paytda, iqtisodchilar, demograflar, etnograflar, sotsial geograflar va boshqa fan 
vakillarini qiziqtiradi. Ammo har qaysi fan namoyandasi aholini o‗z tomonidan
o‗rganadi. Jumladan, iqtisodchilar uchun aholi – bu asosiy ishlab chiqaruvchi 
kuch, mehnat qiluvchi subyekt sifatida ko‗riladi; etnograflar uchun aholini
qiziqtiruvchi tomoni uning milliy urf-odati, kiyinishi, an‘analaridir. Demograf esa, 
aholini biosotsial kategoriya sifatida o‗rgana-di, ya‘ni u aholining tabiiy va
migratsion ko‗payishi (tug‗ilish, o‗lim, ko‗chib yurish), nikoh, ajralish va boshqa 
tomonlarini ilmiy asosda tahlil qiladi. Demak, ―obyekt‖ keng qamrovli tushuncha,
predmet esa nisbatan tor ma‘noda bo‗lib, u shu obyektning qaysi tomoni 
o‗rganilishini bildiradi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling