«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet27/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

31 
ham hisoblanadi. Chunki, hudud obyekt sifatida ko‗rilmasa va uni karta yoki karta-

sxemalarda aks ettirish imkoni bo‗lmasa, u holda bunday tadqiqotning o‗zi ham


geografiyaga tegishli emas. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya doirasida kartalar
asosan, ijtimoiy-iqtisodiy mazmunga ega: sanoat, qishloq xo‗jaligi tarmoqlari,
transport, aholi, uning milliy va hududiy tarkibi, shaharlar va qishloqlar to‗ri va 
tizimi kabi kartalar va hokazo.
Geografik taqqoslash usuli
– bu usul taqqoslanayotgan obyektlar uchun 
umumiy va o‗ziga xos tomonini ochib beradi. Ammo taqqoslash usulida, eng
avvalo, ikki jihatga e‘tibor qaratish lozim. Birinchidan, taqqoslanayotgan 
obyektlarning katta-kichikligi, o‗z ko‗lami jihatidan bir-biriga ma‘lum darajada
teng bo‗lishi shart. Masalan, Toshkent bilan Chust shahrini yoki Ukraina 
respublikasining xo‗jaligi bilan Farg‗ona vodiysi xo‗jaligini taqqoslash ilmiy
nuqtai nazardan natija bermaydi. Ikkinchidan, taqqoslashda sinxron prinsipdan 
yoki ayni paytda, ikkala taqqoslanayotgan obyekt ko‗rilsa, bu usul unumli va
sermazmun bo‗ladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fani tadqiqotlarida

tarixiy usul
keng

qo‗llaniladi. Mazkur usul ayni vaqtda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida va


tabiiy fanlar tizimida ham muhim tadqiqot usuli hisoblanadi. ―Iqtisodiy va ijtimoiy 
geografiya‖ fanida tarixiy usul orqali ishlab chiqarish kuchlarining turli tarixiy
bosqichlarda rivojlanishi, iqtisodiy aloqalar, xalqaro mehnat taqsimotining 
rivojlanishi va shakllanishi, xo‗jalik va aholining hududlar bo‗yicha joylashishi,
tabiiy resurslarning o‗zlashtirilishi, hududlarning aholi tomonidan o‗zlashtirilish 
holati, iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va joylashish xususiyatlari
o‗rganiladi. Shuningdek, tarixiy usuldan ishlab chiqarish kuchlarining yaqin va olis 
istiqboldagi rivojlanish yo‗nalishlarini belgilashda ham foydalaniladi.

Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling