«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet29/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

33 
tarmoqlarini va ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishning turli 

variantlarini aniqlashda modellashtirishdan foydalanilmoqda. Iqtisodiy-matematik


modellashtirish 
kompyuterlar
orqali

amalga
oshirilib, 


bunda
chiziqli 

dasturlashtirish qo‗llaniladi. Chiziqli dasturlashtirish xilma-xil iqtisodiy jarayonlar


uchun oqilona yechimlarni aniqlash imkonini beruvchi matematik dasturdir. 


Tizim-tarkib usuli
, aslini olganda, falsafiy qarashlarning mahsuli bo‗lib, u 
o‗rganilayotgan hodisa yoki borliqning o‗zinigina emas, balki uni boshqa undan
kattaroq doirada, birgalikda va o‗zaro aloqadorlikda tahlil qilishni talab qiladi. 
Masalan, ma‘lum viloyat xo‗jaligini yaxlit tizim sifatida o‗rganishda, ayni paytda,
bu viloyat Respublika, yirik iqtisodiy rayon va O‗zbekistonning yagona xalq 
xo‗jalik kompleksining uzviy bir qismi, bo‗lagi ekanligini unutmaslik lozim.
Tizim-tarkib usulida yana bir nazariy tushuncha mavjud. I.M.Maergoyzning 
fikricha, iqtisodiy va sotsial geografiya xalq xo‗jaligining hududiy tarkibini
o‗rganishi lozim. Bu tarkib 4 xil bo‗ladi: moddiy ishlab chiqarish, aholi va aholi 
punktlarining hududiy joylanishi, ularning o‗zaro munosabati, tabiiy sharoit va
boylik hamda ishlab chiqarish infrastrukturasi. O‗z navbatida, bu bo‗laklar 
o‗zining hududiy tarkibiga ega. Jumladan, moddiy ishlab chiqarish hududiy tarkibi
bu hududiy ishlab chiqarish majmuasi, tabiiy sharoit va boyliklar tarkibida esa 
tabiiy hududiy kompleks (landshaft). Xuddi shunday infrastrukturada hududiy
infrastruktura kompleksi, aholi geografiyasida aholi joylashuvining hududiy 
tizimini ko‗rish mumkin.
Sotsiologik so„rov usuli
tadqiqotlarda keng qo‗llaniladigan usullardan bo‗lib, 
aniq sharoitda hududlar, tarmoqlar bo‗yicha keng ma‘lumotlar olish imkonini
beradi. Bu usul, ayniqsa, hududlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik 
muammolar majmuasini aniqlashda, ishlab chiqarishni tashkil qilishning turli
shakllarida yuzaga kelgan muammolarni o‗rganishda, qolaversa, aholi va mehnat 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling