IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
35
bois, mazkur usul maqsadga dasturli yondashuv deb nomlanadi. Uni, ayni vaqtda,
hozirgi zamon tili bilan aytganda, klaster usuli deb ham belgilash mumkin.
Shuningdek, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanida olib boilayotgan
tadqiqotlarda SWOT-tahlil, guruhlashtirish, ekspert baholash, prognoz qilish,
faktlar tahlili, balans va boshqa usullardan ham foydalaniladi.
SWOT-tahlil usuli
orqali hududning kuchli, zaif, imkoniyat va tahdid
tomonlari belgilanadi. Natijada, o‗rganilayotgan obyektning raqobatbardoshligiga
erishish yo‗llari aniqlanadi. Eng muhimi, bunda zaif tomonlar va imkoniyatlarga
ham e‘tibor qaratiladi, tahdid hisobga olinadi va shu asosda istiqbolda rivojlanish
yo‗llari belgilanadi.
Guruhlashtirish usuli
– ommaviy statistik ma‘lumotlarning bir xil, tipik
bo‗lgan belgilarga ko‗ra guruhlarga ajratish usuli hisoblanadi. Bu usul
o‗rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni hududlar va tarmoqlar bo‗yicha
umumlashtirish imkonini beradi.
Ekspert baholash usuli
– ishlab chiqarish kuchlarining tarmoqlar va
hududlar bo‗yicha istiqbolda rivojlanishini yuqori malakali ekspertlar yordamida
baholashdir. Ekspert baholash usuli, ayniqsa, insonning xo‗jalik faoliyati tufayli
atrof-muhitda yuz berayotgan o‗zgarishlarni baholashda keng qo‗llanilmoqda.
Prognoz qilish usuli
– iqtisodiyotning rivojlanishi, aholi soni va tarkibini,
hududlarning kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ilmiy bashorat qilishdan
iboratdir. Iqtisodiy bashorat qilish ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni oldindan bilish,
bu muammolarni aniqlash va jamiyat taraqqiyotining ilmiy asoslangan
yechimlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Faktlar tahlili usuli
asosida tarmoqlar o‗rtasida hamda tarmoqlar ichidagi
farqlar aniqlanadi va korxonalar yo‗nalishi belgilanadi. Faktlar tahlili ko‗plab
hodisalarni umumlashtirish hamda tarmoqlarni modellashtirish uchun kerakli
ma‘lumotlarni tayyorlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |