«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
39 Ma‘lumki, Buyuk geografik kashfiyotlar xalqaro savdo va ilk kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga sabab bo‗lgan. Bu davrda hududiy mehnat taqsimotining chuqurlashishi va jahon xo‗jaligining shakllanishi, o‗z navbatida, iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishida muhim bosqich bo‗ldi. O‗sha davrlarda mamlakatlar va ularning hududiy birliklari haqidagi iqtisodiy geografik tavsif g‗arbiy yevropalik olimlarning asarlarida chuqur talqin etilgan. Ayniqsa, ilk geografik bilimlarning nazariy jihatlari mamlakatning rivojlanishida alohida ahamiyatga ega bo‗lgan iqtisodiy geografik o‗rin, yerning ustki tuzilishi, aholining tarkibi, shaharlar, siyosiy tuzum masalalariga qaratilgan. Ayni paytda, buyuk geografik kashfiyotlar natijalari va keyinchalik mustamlaka yoki qaram mamlakatlarning vujudga kelishi, dengiz tadqiqotlarining rivojlanishi va boshqa omillar davlatlararo savdo-sotiq ishlarini olib borishda tijorat geografiyasining vujudga kelishiga sabab bo‗ldi. Bu yo‗nalish, dastavval, eng ko‗p mustamlaka mamlakatlariga, qulay transport geografik mavqega va yuksak dengiz kemachiligiga ega bo‗lgan Angliyada rivojlana boshladi. XVI asr va XVII asrning birinchi yarmida texnika taraqqiyoti sanoatning rivojlanishiga, transport va savdo aloqalariga kuchli ta‘sir qildi. XVII asr o‗rtalaridan boshlab Yevropada fabrika va zavodlarning ishlab chiqarishda bosh sohaga aylanishi, Angliyaning jahon iqtisodiyotida muhim o‗rin tutishi, milliy xo‗jalik tizimlarining baynalmilallashuvi va geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishni oqilona joylashtirish nazariyalarini yuzaga keltirdi. XIX asrning 70-yillari va XX asr boshlariga qadar bo‗lgan bosqichda yirik sanoat, zamonaviy transport va xalqaro bozorlar jahon xo‗jaligining shakllanishi va rivojlanishiga olib keldi. Bu bosqichda sanoatni oqilona joylashtirish – ―shtandort‖ nazariyalarining yuzaga kelishi iqtisodiy geografiyani fan sifatida shakllanishi uchun shart-sharoit hozirladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling