«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet35/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

40 
―Iqtisodiy geografiya‖ tushunchasi M.V.Lomonosov tomonidan 1760-yildan 

ishlatila boshlagan bo‗lsa-da, iqtisodiy geografik tasavvurlar insoniyatning


o‗zlashtiruvchi iqtisodiyot bosqichidan shakllangan. Birinchi yirik ijtimoiy mehnat 
taqsimoti dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi hamda uning ishlab
chiqaruvchi iqtisodiyotga o‗tishi, sug‗orma dehqonchilikning ―Buyuk‖ tarixiy 
daryolar va O‗rta dengiz sohili bo‗ylarida yuzaga kelishi, ikkinchi yirik ijtimoiy
mehnat taqsimoti hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlar va savdo-sotiqning 
taraqqiyoti iqtisodiy geografik bilimlarga bo‗lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi va
iqtisodiy geografik tasavvurlar doirasi kengaydi. Mulkchilik munosabatlarining 
yuzaga kelishi, qo‗shimcha mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatlari, fan,
madaniyat, arxitekturaning rivojlanishi, qadimgi davlatlarning shakllanishi va 
rivojlanishi, boshqaruv shakllarining (monarxiya va demokratiya) yuzaga kelishi
iqtisodiy geografiyani fan sifatida shakllantirdi. 
―Iqtisodiy geografiya‖ fanining shakllanishi va rivojlanishi jamiyat
taraqqiyotining hududiy tomonlariga bog‗liq bo‗lgan o‗zgarishlar bilan belgilandi. 
Mavjud ilmiy manbalarni o‗rganish shuni ko‗rsatadiki, iqtisodiy geografiyaning
vujudga kelishida 3 yo‗nalish yoki omil asosiy sabab bo‗lgan. Bu ham bo‗lsa, eng 
avvalo, kameral statistika, tijorat geografiyasi, siyosiy va harbiy geografiyadir.
Ushbu yo‗nalishlar rivojlangan feodalizm va kapitalizmning shakllanishi davriga 
to‗g‗ri kelib, ular ko‗proq G‗arbiy Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya,
Britaniya, Fransiya, Shvetsiya, Avstriya kabi davlatlar hamda Rossiyada paydo 
bo‗ldi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bu mamlakatlarda fan-texnika sohasining
taraqqiy etishi, sanoat inqilobining ro‗y berishi va dastlabki bozor iqtisodiyoti 
munosabatlarining shakllanishi ishlab chiqarishning va buning natijasida mamlakat
hududlari to‗g‗risidagi iqtisodiy bilimlarning rivojlanishiga olib keldi. 
Rossiyada kameral statistika yoki ―Siyosiy arifmetika‖ davlatshunoslik,
davlatning boyligi – yeri, mablag‗i va aholisini hisob-kitob qilish, uni boshqarish, 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling