«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet36/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

41 
soliq va askar to‗plash kabi masalalar bilan shug‗ullangan holda, V.N.Tatishyev, 

ota-o‗g‗il P.P.Semyonov va V.P.Semyonov Tyan-Shanskiylar faoliyati bilan


bog‗liq bo‗ldi. O‗sha paytlarda statistika o‗z qamroviga etnografiya va harbiy 
geografiya masalalari hamda savdo-sotiq ishlari bilan shug‗ullanuvchi tijorat
geografiyasiga doir muammolarni ham olar edi. V.N.Tatishyev (1686-1750) 
geografiya fanini ―sifat‖ jihatidan 3 ga bo‗lgan: matematik geografiya (ya‘ni
hozirgi geodeziya va kartografiya), tabiiy geografiya hamda siyosiy geografiya. 
1830-yil Britaniyada turli geografik klublar birlashuvi asosida Qirollik
geografiya jamiyati (Royal Geographical Society) vujudga keldi. Mazkur jamiyat 
dunyo haqidagi tadqiqotlarni va geografik ma‘lumotlarni o‗zaro almashish
maqsadida tuzilgan edi.
Shvetsiyada geografiya Britaniyaga qaraganda kechroq rivojlandi. Ilk
marotaba X.X. fon Shverin 1879-yilda Lund oliygohida ―Geografiya‖ fanidan 
ma‘ruza o‗qishni boshladi. 1910-yilda esa Uppasla, Gyoteborg va Stokgolm
iqtisodiyot oliy maktablarida ham ―Geografiya‖ fanini o‗qitish yo‗lga qo‗yildi.
Siyosiy va harbiy geografiya Rossiyada XIX asr o‗rtalarida vujudga kelib,
keng tarqala boshladi. ―Siyosiy geografiya‖ hamda ―Harbiy geografiya‖ 
tushunchalarini ham birinchi marta M.V.Lomonosov qo‗llagan edi. Bu yo‗nalishlar
o‗z obyekti va mohiyatiga ko‗ra bir-birlariga juda yaqin turdosh bo‗lib, o‗zaro 
aloqadorlikda rivojlanib keldi. Rossiyadagi Ulug‗ Vatan va Qrim urushlari, boshqa
siyosiy voqealar, Yevropa mamlakatlaridagi inqilobiy o‗zgarishlar, yangi 
davlatlarning shakllanishi va yangi ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga
kelishi siyosiy va harbiy geografiyaning paydo bo‗lishiga zamin yaratdi. 
XIX asrning birinchi yarmida rus harbiysi, professor P.A.Yazikov ikki
qismdan iborat ―Harbiy geografiyaning nazariy tajribasi‖ mavzuida asar yozgan 
bo‗lsa, shu asrning o‗rtalariga kelib harbiy akademiya bosh shtabi qoshida
professor D.A.Milyutin (1816-1912) ―Harbiy geografiya‖ kafedrasini tashkil etdi. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling