«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
36 Balans usuli – iqtisodiyot tarmoqlari, tarmoqlararo, ijtimoiy sohalarda doimo o‗zgarib turuvchi iqtisodiy ko‗rsatkichlar muvozanatini ifodalovchi tizimdir. Yuqoridagilar bilan birga, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fani yuzasidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda quyidagi yo‗nalish usullariga ham alohida ahamiyat qaratiladi: - tarmoqlar bo‗yicha (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo‗jaligining alohida tarmoqlarini, shuningdek, jahon xo‗jaligining tarmoq tarkibini); - rayonlar bo‗yicha: (mamlakatlar va iqtisodiy rayonlar xo‗jalik majumasini); - mahalliy (lokal), ya‘ni alohida olingan sanoat korxonasini, firmalar faoliyatini, aholi punktlari, dehqon-fermer va uy xo‗jaliklari, assotsiatsiyalar va boshqa korxonalar xo‗jalik faoliyatini tadqiq qilishda keng foydalaniladi. ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanida tarmoqlar bo‗yicha tadqiqot usullari muhim o‗rin tutadi. Bu usul orqali jahon xo‗jaligi, iqtisodiy rayon va mamlakat bo‗yicha iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi va joylashish xususiyatlari, tarmoqning iqtisodiy rayon va mamlakat xo‗jalik ixtisoslashuvida tutgan o‗rni, istiqbolda rivojlanishi hamda iqtisodiy rayonlarning shakllanishidagi o‗rni tadqiq qilinadi. Rayonlar bo‗yicha mamlakat xo‗jalik majmuasini, mavjud tabiiy sharoit, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy resurslar hamda fan-texnika inqilobi yutuqlari asosida samarali hududiy ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish va shakllantirish tadqiq qilinadi. Shuningdek, rayon va mamlakat bo‗yicha majmuali tadqiqotda rayon va mamlakat hududida rivojlanayotgan ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishning samarali shakllari, hududiy ishlab chiqarish majmualari va agrosanoat majmualari, vertikal va gorizontal ishlab chiqarish aloqalari hamda energiya ishlab chiqarish bosqichlari (sikllari) o‗rganiladi. Ishlab chiqarishni hududiy tashkil qilishni takomillashtirish va o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganishda mahalliy miqyosdagi tadqiqotlar, ya‘ni aniq korxona, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling