«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


Iqtisodiy rayonlashtirish usuli


Download 1.44 Mb.
bet28/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

Iqtisodiy rayonlashtirish usuli
orqali mamlakatlarning tabiiy, ijtimoiy-
iqtisodiy mintaqalarining mamlakat ichki mehnat taqsimotidagi o‗rni, ixtisoslashuv





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

32 
holati o‗rganiladi, shuningdek, bu usul mintaqalar bo‗yicha uzoq muddatga 

mo‗ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosatni ishlab chiqish va amalga


oshirish imkonini beradi. Geografiyada iqtisodiy rayonlashtirish usulini qo‗llash 
natijasida mamlakat har bir mintaqasining o‗ziga xos tabiiy sharoiti, tabiiy
resurslarining iqtisodiyotning rivojlanishidagi o‗rni, xo‗jalikning tarixiy-iqtisodiy 
rivojlanishi va hozirgi hududiy tashkil etish holati, mavjud ilmiy-texnika
salohiyatlardan foydalanish negizida samarali ishlab chiqarish tizimini 
shakllantirishning yo‗nalishlari belgilanadi.
Statistik tahlil
iqtisodiy-geografik va ekologik tadqiqotlarning muhim 
usullardan biri bo‗lib, u aholining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati va hududlar bo‗yicha
majmuali ma‘lumotlar tizimini tadqiq qilish imkonini beradi. Bu usul orqali 
xalqaro, mintaqaviy va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy tizimga doir fakt va raqamlar
tahlil qilinadi, chunki statistik fakt va raqamlar iqtisodiy geografik tadqiqotlarning 
asosini tashkil qiladi. Statistik ma‘lumotlarni tahlil qilish asosida hududlardagi
iqtisodiy-ijtimoiy jarayon, aholining joylashishi, umumiy demografik jarayon, 
mehnat resurslari, urbanizatsiya, shahar va boshqa aholi punktlari, shuningdek,
iqtisodiyotning muhim sohalari – sanoat, qishloq xo‗jaligi, transport, ish-lab 
chiqarish va noishlab chiqarish sohalarining rivojlanish va joylanish xususiyatlari
o‗rganiladi. 


Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli
xo‗jalik va aholiga doir raqamlar 
majmuasini tahlil qilish, o‗rganilayotgan jarayonni miqdoriy baholash imkonini
beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardagi miqdor bog‗lanishlarning matematik 
ifodasini kibernetika fanlarida model, uni tuzish esa modellashtirish deyiladi.
Modelning aniqligi, to‗plangan ma‘lu-motlar darajasi va hajmiga, ularning 
to‗g‗riligiga, tadqiqotchining malakasi va modellashtirish jarayonidagi
aniqlanadigan masalaning ko‗lamiga bog‗liq. Keyingi yillarda tarmoqlararo va 
hududlararo
ishlab

chiqarish


tizimlarini 
muvozanatlashtirish, iqtisodiyot






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling