«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet24/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

28 
Dunyo xo‗jaligi va umumbashariy muammolar yondashuvi dunyo 

xo‗jaligining tarixiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonida o‗zining umumiy ijtimoiy-


iqtisodiy, ilmiy-madaniy salohiyatiga ega mamlakatlar rivojlanishiga jiddiy ta‘sir 
etuvchi, xalqaro siyosat, harbiy-siyosiy mojarolar, yoqilg‗i-energetika, oziq-ovqat,
demografik, ekologik va boshqa umum-bashariy muammolar yechimlarini ishlab 
chiqishga intiluvchi iqtisodiy-siyosiy birlashmalar va ittifoqlar mavjudligiga
asoslanadi. Jumladan, XX asrning oxirida Yevropada jiddiy milliy tizimlarni 
umumlashtirgan (moliya-kredit, yagona pul va b.) transmilliy mintaqa – Yevropa
Ittifoqining yuzaga kelishi, MDH, Shimoliy Amerika Erkin Savdo Assotsiatsiyasi 
va boshqa integratsiyalarning shakllanishi jarayoni davom etayotganligi e‘tiborga
molik.

Geosiyosiy yondashuv
– hududiy jihatdan yaqin va chegaradosh 
mamlakatlarning iqtisodiy integratsiya asosida umumiy bozor (bojxona, valyuta
ittifoqlari va boshq.) tuzish uchun intilishi bilan xarakterlanadi (Osiyo-Tinch 
okeani iqtisodiy hamkorligi, MDH doirasida Yevrosiyo iqtisodiy hamkorligi va
boshqalar). 


Hududiy takror ishlab chiqarish yondashuvi
– mustaqil davlatlarning 
hududiy umumiyligini ifodalaydi. Mintaqaning hududiy ishlab chiqarishi ikki xil
talqin qilinadi. Birinchi talqin sof iqtisodiy-geografik yondashuv bo‗lib, buning 
asosi hududiy mehnat taqsimotidan (tarmoq mehnat taqsimoti bilan) iborat bo‗lib,
iqtisodiy rayonlar deb ham yuritiladi.
Ikkinchi talqin takror ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, hudud uchun bir-
birini to‗ldiruvchi ishlab chiqarish-taqsimlash-ayrboshlash-iste‘moldan iborat 
bosqichlarni o‗z tarkibiga olgan yagona jarayondir. Bu holatda, bozor bog‗lovchi
vazifasini bajaradi va bir mintaqa doirasida (ishlab chiqarish va iste‘mol), 
shuningdek, ishlab chiqarish bir mintaqada, iste‘molchi esa ikkinchi mintaqada
bo‗lishi ham mumkin. 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling