«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari va topshiriqlar
- 3-BOB. FANNING TADQIQOT USULLARI
- IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 27
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
26 1) tabiiy fanlar – ya‘ni tabiiy geografik fanlar tizimi, geologiya, biologiya, tuproqshunoslik va tarmoqlar ekologiyasi; 2) iqtisodiy va ijtimoiy fanlar, ya‘ni jahon iqtisodiyoti, mikro va makroiqtisodiyot, sanoat iqtisodiyoti, agrosanoat iqtisodiyoti, transport iqtisodiyoti, menejment va marketing, tashqi iqtisodiy aloqalar va xalqaro munosabatlar, statistika, axborotlar texnologiyasi va informatika, falsafa, tarix, mamlakatlar milliy iqtisodiyoti, iqtisodiy-geografik fanlar tizimi, tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti, ijtimoiy ekologiya, sotsiologiya va xalqaro huquq. Ko‗rinib turibdiki, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fani ko‗plab fanlar bilan uzviy aloqada bo‗lsa-da, bu fanlar bilan qo‗shilib ketmaydi va mustaqil fan bo‗lib, jamiyatni hududiy tashkil etish va boshqarishni majmuali o‗rganishi bilan ajralib turadi. Nazorat savollari va topshiriqlar: 1. ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanining obyekti va predmeti nimadan iborat? 2. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga oid tadqiqotlar nimalarni o‗z ichiga oladi?
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning tarkibini tushuntiring. 4. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyani o‗rganish bo‗yicha faoliyat olib borgan xorij olimlarini sanab bering? 3-BOB. FANNING TADQIQOT USULLARI Reja: 3.1. Hudud geografik tadqiqot obyekti sifatida. 3.2. Kartografiya usuli va geografik taqqoslash usuli. 3.3. Tarixiylik usuli. 3.4. Iqtisodiy rayonlashtirish usuli. IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 27 3.5. Statistik tahlil usuli. 3.6. Tizim-tarkib usuli. 3.7. Sotsiologik so‗rov va boshqa usullar. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda XX asrning 50-yillaridan iqtisodiyotda mikro va makro tahlil bilan bir qatorda, alohida ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy tizim sifatida mamlakat hududlarini (mintaqalarini) o‗rganish boshlandi. Natijada, iqtisodiy fanlar tizimida mustaqil ―Mintaqaviy iqtisodiyot va boshqaruv‖ fani shakllandi va bugungi kunda ham izchil rivojlanib bormoqda. Har bir fanda shu fanning tub mohiyatini ochib beruvchi tushuncha bo‗ladi. Jumladan, biologiyada – hujayra, matematikada – son, fizikada – materiya va energiya, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida esa bunday tushuncha – hudud va mintaqadir. Hudud (territoriya) – yer sharining ma‘lum bir qismi bo‗lib, o‗zining geografik o‗rni hamda tabiiy belgilariga ko‗ra boshqa hududlardan ajralib turadi. ―Hudud‖ tushunchasini ―akvatoriya‖ (yer sharining suv bilan qoplangan bir qismi), ―aerotoriya‖ (yer shari atmosferasining bir qismi) kabi tushunchalar to‗ldiradi. Ayni vaqtda, ―territoriya‖, ―akvatoriya‖ va ―aerotoriya‖ tushunchalari birgalikda ―geotoriya‖ tushunchasini hosil qiladi. ―Hudud‖ tushunchasining g‗oyat murakkab va kattaligi uni mintaqalarga bo‗lib o‗rganishni taqozo qiladi. Mintaqa (region) – lotincha so‗z bo‗lib, ilmiy iste‘molga ingliz tilidan kirib kelgan va 100 dan ortiq turli mazmunda talqin qilinishi bilan ajralib turadi. Keyingi yillarda ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlarda mintaqa tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-tarixiy, siyosiy-harbiy va ekologik tizim sifatida quyidagi: 1) dunyo xo‗jaligi va umumbashariy muammolar, geosiyosiy va hududiy takror ishlab chiqarish; 2) megaiqtisodiyotda – makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlil yondashuvlarida keng qo‗llanilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling