«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet25/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

29 


Megaiqtisodiyot
– makromintaqa uchun umumiy bo‗lgan tabiiy sharoit va
resurslar, mamalakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ishlab chiqarish 
kuchlarining rivojlanganlik darajasi, aholi hayotining sifat ko‗rsatkichlari (turmush
darajasi, aholi daromadlari, intellektual salohiyat), ijtimoiy taraqqiyot va gumanitar 
rivojlanganlik umumbashariy muammolarni o‗z tarkibiga olgan yaxlit hududga xos
yondashuvlarni ifoda etadi. 
Yirik suveren davlat milliy-ma‘muriy tuzilmalari (umumiy tabiiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, diniy-etnik va boshqa yaxlitlik xos hududlar), ya‘ni avtonom respublika, 
viloyat va okrug, shuningdek, alohida olingan joy, shahar, tumanlarga ham
―mintaqa‖ tushunchasini qo‗llash va mikrotahlilni amalga oshirish mumkin. 
Bugungi g‗oyat murakkab va ko‗p qutbli dunyo xo‗jaligining rivojlanishida


qutbli mintaqa
‖ tushunchasi nafaqat yaxlit tabiiy-geografik hududlarga, balki
ijtimoiy-iqtisodiy hamjamiyatlarga nisbatan ham qo‗llanilmoqda. Chunki turli 
bosqichdagi mintaqalar, o‗z navbatida, mintaqalar tizimining quyi bosqichi yoki
elementi hisoblanadi. 
Demak, keng ko‗lamda mintaqa deganda, umumiy tabiiy-geografik, tarixiy,
milliy-madaniy birlik va diniy-etnik yaqinlik, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
(xo‗jalik ixtisoslashuvi va iqtisodiy rivojlanish, demografik vaziyat, aholi turmush
darajasi va b.) darajasi, turli bosqichda takomillashmagan boshqaruv tizimi hamda 
ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishdagi ma‘muriy-hududiy
organlar faoliyatining mushtarakligini taqozo qiluvchi yaxlit hududiy birlikni 
tushunish maqsadga muvofiq.
Dunyoning yirik makromintaqalarga bo‗linishi – megaiqtisodiyot shu 
makromintaqa uchun umumiy bo‗lgan – tabiiy sharoit va resurslar,
mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanish darajasi, aholi hayotining sifat ko‗rsatkichlari (turmush darajasi, aholi
daromadlari, intellektual salohiyat), ijtimoiy taraqqiyot va gumanitar rivojlanish, 





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling