IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
30
mintaqaviy va umumbashariy muammolar va boshqa ko‗rsatkichlar majmuasini
o‗zida mujassamlashtiradi.
Bugungi kunda ilmiy adabiyotlarda va amaliyotda dunyodagi mamlakatlarni
turli tamoyillar asosidagi tipologik belgilarga bo‗lib o‗rganish nafaqat ilmiy, balki
muhim amaliy yo‗nalishga ham ega bo‗lib, mavjud mamlakatlar joylashgan yirik
mintaqalarning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, murakkab
tabiiy-geografik va ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va ekologik muammolar
yechimlarini aniqlash imkonini beradi.
Hozirgi davrda, ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya‖ fanining asosiy
obyekti
,
hududiy ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlar
bo‗lib, ularning
hududiy joylashishi,
shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari
fanning
predmeti
ni tashkil
etadi.
Tabiat va jamiyat o‗rtasidagi aloqadorlik va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni
hududiy tadqiq qilish g‗oyat murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu masalalarni
o‗rganishda Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, asosan, quyidagi usullarga tayanadi:
kartografiya usuli;
geografik taqqoslash usuli;
tarixiy usul;
rayonlashtirish usuli;
statistik tahlil usuli;
iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli;
tizim-tarkib usuli;
sotsiologik so‗rov usuli;
aerokosmik tadqiqotlar usuli;
klaster va boshqalar.
Kartografik
usul
orqali o‗rganilayotgan
hodisa va
voqeliklar
umumlashtirilib, kartaga tushiriladi. Bu esa geografiya fanining o‗ziga xos mezoni
Do'stlaringiz bilan baham: |