«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
45 mamlakat iqtisodiyotini jadal sur‘atlarda rivojlantirish va sanoatlashtirish maqsadida iqtisodiy rayonlashtirish va yangi hududiy ishlab chiqarish majmualarini tashkil etishning nazariy masalalarini yaratishga katta e‘tibor qaratiladi. Ushbu reja asosida, O‗zbekistondagi ilk yirik gidroelektrostansiyalar zanjiri – Chirchiq-Bo‗zsuv gidroelektroenergiya kaskadi qurildi va Toshkent viloyatida elektroenergetika, metallurgiya, kimyo va mashinasozlik korxonalari barpo etildi. Shu davrda iqtisodiy geografiya fanining rivojlanishiga G.M.Krjijanovskiy, I.G.Aleksandrov, Y.G.Saushkin va N.N.Baranskiy va boshqa qator olimlar katta hissa qo‗shdilar va o‗z ilmiy maktablarini yaratdilar. Sobiq Ittifoq oliy o‗quv yurtlarida (iqtisodiyot va geografiya fakultetlarida) iqtisodiy geografiya asosiy predmet sifatida o‗qitilishi ham o‗tgan asrning 20- yillariga to‗g‗ri keladi. Ayni paytda, iqtisodiy geografiya dunyo siyosiy kartasida, jahon xo‗jaligida, mintaqalar va mamlakatlar xo‗jalik tizimidagi muhim miqdor va sifat o‗zgarishlarini tadqiq qildi. 1976-yildan boshlab iqtisodiy geografiya iqtisodiy va ijtimoiy geografiya deb yuritila boshlandi. Bunday o‗zgarish bilan professor A.Soliyev ta‘kidlaganidek: ―...fanning mazmuni uning shakliga moslashtirildi, chunki bu shaklan o‗zgarish edi, mohiyatan iqtisodiy geografiya doirasida ijtimoiy masalalar ham ayni paytda o‗rganib kelinar edi‖ (A.Soliyev, 1995). Biroq, bugungi kunda mazkur fan ko‗plab rivojlangan mamlakatlarda Inson geografiyasi deb nomlanmoqda. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, iqtisodiy jarayonlarning hududiy tomonini, uning joylashuvini o‗rganish iqtisodiy rayonlashtirish masalasiga olib keladi. ―Iqtisodiy rayonlashtirish‖ tushunchasi Rossiyada XIX asrning birinchi yarimidayoq keng ishlatila boshladi. Bu davrda K.I.Arsenyev Rossiyani 2 marta rayonlashtirdi (1818 va 1848-yy.), shaharlarning vujudga kelishi va rivojlanishi, ularning funksional va genetik tiplari to‗g‗risida ilk bor asarlar yaratdi. Iqtisodiy rayonlashtirish va shaharlar geografiyasini yaratgan shaxs ham, aynan, shu olim edi. XX asr |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling