«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
344 1960-yillar oxirida rivojlangan G‗arb mamlakatlarida atrof-muhitning ifloslanishiga qarshi kuchli jamoatchilik harakati vujudga kelgan, dastlabki ekologik qonunlar qabul qilingan, mingga yaqin ekologiya va rivojlanish masalalari bilan shug‗ullanuvchi tashkilotlar tuzildi. 1968-yili 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillari tomonidan ―Rim klubi‖ deb nomlangan nodavlat tashkilot tuzildi. Klub a‘zolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yo‗llarini o‗rganish ni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972- yil 13-martda ―Rim klubi‖ uchun tayyorlangan ―O‗sish chegaralari‖ ma‘ruzasi e‘lon qilindi. Ma‘ruzada sayyoramiz kelgusi ekologik holatini bashorat qilish bo‗yicha global model tahlil qilingan. Modelda sayyorada o‗sishni va uning chegarasini belgilaydigan besh asosiy omil: aholi soni, qishloq ho‗jalik ishlab chiqa-rishi, tabiiy resurslar, sanoat ishlab chiqarishi va atrof-muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. Ma‘ruzada aholi sonining o‗sishi sur‘atlari va iste‘mol modeli o‗zgarmasa, XXI asrning 30-yillariga kelib chuqur ekologik inqirozlar bashorat qilingan. ―Rim klubi‖ning e‘lon qilingan keyingi global modellarida (1974; 1990; 1992) yangi sharoitlar hisobga olingan, o‗sish istiqbollariga, ekologik halokat xavfiga qarashlar o‗zgargan. 1972-yil 5-iyunda Stokgolmda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Atrof-muhit bo‗yicha birinchi Umumjahon Konferensiyasi o‗tkazildi. Unda 113 ta davlat vakillari qatnashdilar. Konferensiyada ekologik yo‗naltirilgan sotsial- iqtisodiy rivojlanish g‗oyasi oldinga surilgan bo‗lib, unga muvofiq aholi turmush darajasining ortishi yashash muhitining yomonlashishi va tabiiy sistemalarning buzilishiga yo‗l qo‗ymasligi lozim. Ekologik rivojlanish davlatlar o‗rtasidagi munosabatlar va iqtisodiyotdagi chuqur o‗zgarishlar, resurslarni taqsimlash va foydalanish strategiyasida, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling