Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(2)-son


Download 200.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana27.10.2023
Hajmi200.79 Kb.
#1726951
  1   2
Bog'liq
tabiatni-muhofaza-qilishda-xalqaro-hamkorlikni-ahamiyati



159 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 
2022-YIL 28-MART 
TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA XALQARO HAMKORLIKNI 
AHAMIYATI 
 
Erkinova Shaxlo davlatjon qizi
talaba, Farg’ona davlat universiteti 
ANNOTATSIYA 
Tabiat insonning barcha hayotiy ehtiyojlarini qondiruvchi noyob va betakror 
manbadir. Hayotimizni tabiatsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Hozirgi kunda butun 
dunyoda keng miqyosda tan olingan Birlashgan Millatlar Tashkilotining „Barqaror 
taraqqiyot konsepsiyasi"1992-yilda Rio-De-Janeyroda boʻlib oʻtgan dunyo 
mamlakatlarining rahbarlari ishtirok etgan mazkur forumda 179 ta mamlakat siyosiy 
va diniy rahbarlari, yuqori lavozimdagi vakillari ishtirok etdilar. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev ham bugungi kundagi ekologik muammolar boʻyicha oʻz fikrlarini 
bildirdi: Davrimizning oʻtkir muammolaridan yana biri global iqlim oʻzgarishidir.
Kalit so’zlari: Tabiat, hayotiy ehtiyojlar, “Rim klubi”. 
Bugungi kunda har bir mamlakat bu jarayonning salbiy taʼsirini his etmoqda. 
Ming afsuski,bunday oʻzgarishlar Markaziy Osiyo taraqqiyotiga ham katta xavf 
tugʻdirmoqda". Agar insoniyatning barcha tarixiy tamadduni davomida butun tabiat va 
uning tabiiy resurslari cheksiz va bitmas-tuganmasdir koringan boʻlsa, sanoat 
taraqiyoti davri, yaʼni, oxiriga 2asr bunday tasavvurning butunlay xato ekanligini 
isbotlab bergani tobora aniq va ravshan boʻlib bormoqda. Maʼlumki, bilimning uzgarib 
borishi va uning atrof muhitga taʼsiri 21-asrning eng asosiy muammolaridan biri boʻlib, 
insoniyat oldida turkiyan jiddiy muammolardan hisoblanadi. Taʼkidlash joizki,asosiy 
isish 1912-1940-yillarda kuzatilgan hamda 1976-yildan shu kungacha davom etmoqda. 
1990-yillar esa ming yillikning eng issiq 10-yilligi boʻlgani rostdir. 
Oʻzbekiston BMTning Biologik xilma-xillik toʻgʻrisidagi konvensiyaga 1995-
yilda qoʻshilib, bioxilma-xillikni muhofaza qilish,uning tabiiy boyliklardan oqilona 
foydalanish,tabiiy resurslardan foydalanishda odillikka rioya etish boʻyicha 
majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi. 1968 yilda 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, 
madaniyat maorif va biznes boshqaruvi „Rim klubi" deb nomlanuvchi nodavlat 
tashkilotini tashkil etildi. Klubda insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab 
ahvolini muhokama qilish va oldini olish yoʻllarini maqsadli deb belgiladilar. 1972 
yilda 13-martda „Rim klubi" uchun „Oʻsish chegaralari" maruzasi eʼlon qilindi. 
Kelajakda sayyoramizning ekologik holatini bashorat qilish boʻyicha model tahlil 
qilingan. Modelda sayyorada oʻsishni va uning chegarasini bartaraf etgan besh asosiy 
omil: aholi soni,qishloq xoʻjalik ishlab chiqarishi,tabiiy resurslar,sanoat ishlab 
chiqarishi,atrof-muhitning ifloslanishi asos qilib olingan. 1972 yilda BMTning atrof-


160 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 
2022-YIL 28-MART 
muhit boʻyicha Stokgolmda birinchi umumjahon konferensiyasi oʻtkazildi. 
Konferensiyada 26ta yiqilishdan iborat „Stokgolim deklaratsiyasi"da ekologik 
talablarni qabul qilish boʻyicha 113 davlat ishtirokchilari qatnashdilar. 
Mintaqamizdagi orol boʻyi muammolarini bartaraf etish borasida olib 
borilayotgan islohotlar samarasida 1995-yil 18-20-sentyabr kunlari oʻtkazilgan orol 
dengizi havzasini barqaror rivojlantirish boʻyicha konferensiyasi davomida 5 ta 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining prezidentlari tomonidan ilk bor tarixiy„Nukus 
deklaratsiyasi" imzolandi va, unga binoan, bu mamlakatlar barqaror rivojlantirish va 
„21-asr uchun kun tartibi"ga qatʼiy tarzda tarafdori ekanliklari oʻz tasdiqini topdi. 
Bugungi kunda bu masalalar boʻyicha prezidentimiz ham oʻz fikr va mulohazalarini 
bildirmoqda: Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilashga eʼtiborni 
kuchaytirishimiz kerak. Avvalo, orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boʻyicha 
boshlagan misli koʻrilmagan ishlarimizni davom ettirib, dengizning qurigan tubida 
oʻrmonzorlarni kengaytirish Nukus Urganch Xiva shaharlari atrofida „yashil 
belbogʼlar" barpo etishimiz lozim". Orol va uning boʻyidagi ekologik ahvolning 
keskinlashuvi jahon jamoatchiligini ham tashvishga solmoqda. Orol muammosi 
bugungi kundagi eng yirik regional halokatlardan biri boʻlib, orol atrofida yashaydigan 
35 milliondan ortiq kishi,shu jumladan, Oʻzbekiston aholisining ham katta qismi uning 
taʼsiri ostida yashamoqda. Kattaligi boʻyicha dunyoda 4-oʻrinda turgan orol dengizi 
bugungi kunda yildan-yilga qurib bormoqda. 
Sayyoramizda sodir boʻlgan ekologik inqirozlar va boshqa sabablar tufayli 1 
milliarddan ortiq aholi nochor holda yashamoqda.„ Hozirgi kundagi sayyoramiz 
ekologik holatining yomonlashuvi ortib bormoqda. Bu oʻrinda shuni aytish oʻrinliki, 
koʻpgina davlatlarning rahbarlari iqtisodiy rivojlanishini ekologik muammolardan 
ajratib boʻlmasligini, tashqi muhitning yomonlashuvi iqtisodga zarar yetkazishi 
aniqligini anglamoqda. Qashshoqlikning asosiy sabablaridan biri global darajada 
ekologik muammolarning sodir boʻlishidir. Shuning uchun ekologik muammolarni hal 
qilmasdan aholining farovon hayotini taʼminlab boʻlmaydi"degan fikrlarni bildirishda 
komissiya aʼzolari. 1983-yilda BMT qoshida tashkil etilgan tashqi muhit va rivojlanish 
Xalqaro komissiyasi shu nuqtai nazardan ish tutdi. Komissiyaning,aholining zaif qismi 
boʼlgan qashshoqlar koʻpayishi tashqi muhit holatining yomonlashuviga olib keladi. 
Bu holatni yaxshilash sayyoramizda yashayotgan har bir kishining insoniylik 
burchidir. Maʼlumki, keyingi yillarda dunyo okeani, dengiz va katta daryolar suvining 
neft mahsulotlari, zaharli kimyoviy moddalardan ifloslanib bormoqda. Okean, dengiz 
suvlarini muhofaza qilish boyicha dastlabki shartnoma 1954 yilda Londonda tuzilgan 
edi. Tabiatni muhofaza qilish masalalari jahonda eng ustuvor masala boʻlgani uchun 
uni xalqaro shartnoma va bitimlar bilan tartibga solinadi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston 
Respublikasi BMTning „Iqlim oʻzgarishi boʻyicha" (1993-yil,may) xalqaro bitimiga, 
„Ozon qatlamini muhofaza qilish togʼrisida"gi Vena bitimiga va ozon qatlamini 


161 
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 
2022-YIL 28-MART 
yemiruvchi moddalar yuzasidan monreal bayonnomasiga (1993-yil, may), xavfli 
chiqindilarni transchegara orqali tashish va ularni yoʻq qilish nazorati boʻyicha Bazel 
bitimlariga (1995-yil, avgust) imzo chekdi. 1995- yil oktyabrida Oʻzbekistonda 
biologik turlar boʻyicha Konvensiya qabul qilindi. 1997-yilda qabul qilingan „Yoʻq 
boʻlib ketish xavfi boʻlgan oʻsimlik va hayvon turlarini sotish yuzasidan 
konvensiya"ga hamda „Sohil boʻyidagi yerlarni va suvli botqoqlarni muhofaza qilish 
boʻyicha" Ramsar bitimlariga qoʻshildi va tasdiqlandi. Tabiatni muhofaza qilish 
muammolari boʻyicha Oʻzbekiston 1996-yilda Turkiya bilan, 1997-yilda XXR (Xitoy) 
bilan xalqaro hamkorlik bitimiga imzo chekdi. Vengriya, Slovakiya Izrail 
Lyuksemburg Litva kabi mamlakatlar bilan ekologiya masalalari boʻyicha bitim 
tuzildi. Oʻzbekistonning barqaror rivojlanish jarayoniga qoʻshilishi 1994-yildan 
boshlandi. 1995-yilda Nukus shahrida BMT tomonidan orol dengizi havzasini barqaror 
rivojlantirish boʻyicha xalqaro Konvensiya 1994- yilda qabul qilingan orol 
toʻgʻrisidagi qarorni yanada rivojlantirish imkonini berdi. Oʻzbekiston Respublikasi 
mustaqilligi yillarida tabiatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha qator xalqaro 
yigʻilishva konvensiyalarga qatnashishi natijasida mamlakatimizning ekologik
muhitini muhofaza qilish boʻyicha ijobiy siljishlarga erishildi. Respublika tabiatni 
muhofaza qilish qoʻmitasi xalqaro ekologik kengashning (XEK) faol qatnashchisi 
boʻlib, qabul qilingan qarorlarini izchillik bilan bajarib kelmoqda. 

Download 200.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling