«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet321/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

343 
Adaptiv tiplar irqiy mansubligidan qat‘i nazar, turning genofondi bilan 

belgilanuvchi moslashish mexanizmlari asosida, konkret ekologik muhitga


moslashish natijasida shakllangan. Antropogen ekosistemalar, ularning inson 
salomatligiga ta‘siri. Eng muhim hozirgi zamon antropogen ekosistemalariga
shaharlar, qishloqlar, transport kommunikatsiyalari kiradi. 
Shaharlarda tabiat muhitining o‗zgarishi yaqqol namoyon bo‗ladi. Sanoat va
turmush chiqindilari tuproqda, suvda, o‗simliklarda mikroelementlarning ko‗payib 
ketishiga sabab bo‗ladi, shahar aholisining zichligi natijasida yuqumli kasalliklar
keng tarqaladi. Havoning ifloslanganligi natijasida, yer yuzasiga ultrabinafsha 
nurlarning ancha miqdori yetib kelmaydi. Yorug‗lik yetishmasligi esa D
avitaminozini ko‗paytiradi. 
Qishloq ekologik sistemalari o‗z xususiyatlari jihatidan shahar
ekosistemasidan ancha farq qiladi. Qishloqda hayvon va o‗simlik turlarining 
xilma-xilligi kuzatiladi. Hayvonlar orqali yuqadigan yuqumli va parazitar
kasalliklar qishloqda ko‗proq uchraydi. 
Hozirgi avlod ko‗z o‗ngida mahalliy va regional ekologik inqiroz vaziyatlari
kuzatilmoqda. Bunda inson tomonidan o‗zgartirilgan tabiatning ijtimoiy 
taraqqiyotga ta‘sirining keskin ortishi kuzatiladi.
Insoniyat tarixida ekologik inqirozlar ko‗plab kuzatilgan. Ularning natijasida 
millionlab gektar yerlar cho‗lga aylangan, minglab o‗simlik va hayvon turlari
qirilib ketgan, o‗rmonlarning maydoni qisqargan, gullab-yashnagan sivilizatsiyalar 
inqirozga yuz tutgan.
Atrof-muhitdagi katta ko‗lamidagi salbiy ekologik o‗zgarishlar XVII asrdan 
boshlangan va XX asrning boshlariga kelib yer yuzidagi ekologik sistemalarning
20 foizi buzilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib qisman va to‗la buzilgan 
ekosistemalar hissasi 63 % dan oshdi.






Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   317   318   319   320   321   322   323   324   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling