Bo‘G‘oz hayvonlarning kasalliklari o‘quv elementlari
Download 111.5 Kb.
|
7-mavzu. BOʻGʻOZ HAYVONLARNING KASALLIKLARI-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- Bo‘g‘oz hayvonlarni parvarishlash va oziqlantirish qoidalari.
7-маъруза. BO‘G‘OZ HAYVONLARNING KASALLIKLARI O‘quv elementlari: Bo‘g‘oz hayvonlarni parvarishlash va oziqlantirish qoidalari. Bo‘g‘oz hayvonlarda qinning chiqishi. Vaqtidan ilgari kuchanish va to‘lg‘оq. Bo‘g‘oz hayvonlarning yotib qolishi. Hоmila pardalarida suv to‘planishi. Bola tashlash (abort) turlari, sabablari. Hayvonlarda bola tashlashlarning asoratlari, ularni davolash va oldini olish. Tayanch iboralar: Bola tashlash, yuqumsiz, yuqumli va invazion xarakterli bola tashlashlar, homilaning bachadonda chirishi, bo‘g‘ozlik davrining uzilishi, to‘liq va chala bola tashlash, idiopatik, simptomatik, yuqumli va parazitar kasalliklar, simptomatik abortlar. Bo‘g‘oz hayvonlarni parvarishlash va oziqlantirish qoidalari. Bo‘g‘oz hayvonlar saqlanadigan xonalar toza, havosi yaxshi almashadigan, yorug‘ va tug‘riqxona bokslari kengligi bo‘g‘oz hayvonning yotib turishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Pollar sirpanchiq va o‘ta qiya bo‘lmasligi lozim. Ayniqsa qishlov davrida bo‘g‘oz hayvonlarga faol masion berilishi (5-6 km) lozim. Sigirlarning bo‘g‘ozlik davrida modda almashinuvi darajasi kuchayadi, chunki ona qornida rivojlanayotgan homilaning o‘sishi uchun ko‘p miqdordagi energiya sarflanib, bu jarayonlar bo‘g‘ozlikning oxirgi 2 oyi davomida yanada jadal kechadi. Shuning uchun ham sigirlarning sutdan chiqarilgan davri o‘rtacha 60 kunni tashkil etishi zarur. Bu muddatni qisqartirilishi sigirlardan shu laktasiya davomida sut olishni ko‘paytirsada, keyingi laktasiya davrida mahsuldorlikning keskin kamayishi hamda homilaning rivojlanishiga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Oqibatda buzoqlar nimjon, hayotchanligi va kasalliklarga chidamliligi past bo‘lib tug‘iladi va kelgusida podani to‘ldirish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Sutdan chiqarilgan bo‘g‘oz sigirlarni tuyimli moddalar, mineral va biologik faol moddalarga bo‘lgan talabi quyidagi jadvalda keltirilgan, (bir boshga 1sutkada):
Sigirlarni sutdan chiqarish uchun ularga berilayotgan konsentrat oziqalar va shirali oziqalar tuyimligi past dag‘al oziqalar bilan almashtiriladi. Shu yo‘l bilan yelinda sut ishlab chiqarilishi kamaytiriladi. Sutdan chiqarilgan sigirlarning juda ham semirishi va shuningdek, ariqlab kyetishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Sutdan chiqarilgan bo‘g‘oz sigirlarni kuniga 2-3 km atrofida yurgizish tavsiya etiladi. Sutdan chiqarilgan bo‘g‘oz sigirlar uchun oziqlantirish me’yori bo‘yicha 1 oziqa birligida 90-110 g hazmlanuvchi protein, 80-100 g qand, 40 mg karotin, 7-8 g kalsiy, 4-4,5 g fosfor bo‘lishi kerak. Oziqlantirishning to‘laqimmatli ekanligini baholash uchun oziqa namunalari oziqalar tayorlangandan keyin va har partiya oziqalarni hayvonlarga berishdan oldin laboratoriyalarga yuborilib, ularning tuyimligi va tarkibi bo‘yicha tahlil qilinishi va keyingina hayvonlarga berilishi lozim. Sutdan chiqarilgan bo‘g‘oz sigirlarga tarkibida zaharli moddalar saqlovchi, mog‘orlagan va chirigan oziqalarni berish mumkin emas. Download 111.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling