Bo‘G‘oz hayvonlarning kasalliklari o‘quv elementlari


Bo‘g‘oz hayvonlarning yotib qolishi


Download 111.5 Kb.
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1403819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu. BOʻGʻOZ HAYVONLARNING KASALLIKLARI-1

Bo‘g‘oz hayvonlarning yotib qolishi (Osteomalyatsiya, Paraplegia gravidarum) - hayvonlarda kalsiy-fosfor va vitaminlar almashinuvining buzilishi oqibatida suyaklarning yumshab qolishi (dekalsinasiya) va ularning sinuvchan bo‘lib qolishi bilan xarakterlanadi. Ko‘pincha qari sigirlarda tug‘ishiga bir necha hafta yoki oy qolganida kuzatiladi (ko‘taram), shuningdek, yosh hayvonlarda ham uchraydi. Kasallik qo‘y, echki va cho‘chqalarda, ba’zan biyalarda ham kuzatiladi.
Etiologiyasi. Ratsionda mineral moddalar va vitaminlarning etishmasligi, hazm tizimi kasalliklari oqibatida mineral va vitaminlar so‘rilishining yomonlashishi, ratsionda mineral moddalar bilan hazmlanmaydigan birikmalar hosil qiladigan kislotalarning ortiqchaligi, shuningdek, homila tanasining o‘sishi uchun kerakli mineral moddalarning oziqalar bilan etarli miqdorlarda tushmasligi osteomalyatsiyaga sabab bo‘ladi. Bu va boshqa etiologik omillar sut berayotgan bo‘g‘oz sigirlarga juda yomon ta’sir qiladi. Chunki ratsionda mineral moddalar etishmaganda sut hosil bo‘lishi va homilaning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan kalsiy va fosfor suyaklardan qonga ko‘plab o‘ta boshlaydi, oqibatda suyaklardagi mineral moddalarning kamayishi va uning yumshab qolishiga (osteomalyatsiya) sabab bo‘ladi.
Bo‘g‘oz hayvonning yotib qolishi ularni noto‘g‘ri parvarishlash va poli juda ham qiya bo‘lgan tor joylarda saqlash oqibatida ham qayd etiladi. Kasallik tug‘ishga bir necha kun yoki hafta qolganda, asta-sekin yoki to‘satdan paydo bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha kasallik qishda, hayvonlarni bog‘lab boqiladigan davrda kuzatiladi.
Klinik belgilari. Dastlab bo‘g‘oz hayvonning umumiy holati yomonlashmasada, ishtahaning o‘zgarishi (lizuxa), semizlik darajasining pasayishi, sut mahsuldorligining kamayishi, keyinchalik, ko‘p yotish, oqsash, kesuvchi tishlarning qimirlashi, paypaslaganda qovurg‘a suyaklarining og‘riqli bo‘lishi, hazm tizimi faoliyatining buzilishi, kasallikning oxirgi bosqichlarida oyoq bo‘g‘inlarining kattalashishi, oyoqlar, pastki jag‘ va quymich suyaklarining deformasiyasi, hayvonning o‘rnidan qiynalib turishi yoki yotib qolishi qayd etiladi. Terida yotoq yaralar paydo bo‘ladi.
Kasallik surunkali kechganda hayvon kuchli oriqlaydi, muskul to‘qimalari atrofiyaga uchraydi. Ko‘pincha bunday hollarda tug‘ish normal o‘tmaydi.
Oqibati. Bola tug‘ishiga qancha oz vaqt qolsa kasallik prognozi shuncha yaxshi bo‘ladi. Tug‘ishiga ko‘p vaqt bor hayvonlar yotib qolsa ovqat hazm qilish a’zolari faoliyati buziladi, yotoq yaralari paydo bo‘lib, septikopiemiya rivojlanishi mumkin.
Davolash. Ratsionni takomillashtirish va o‘nga etishmaydigan mineral moddalar va vitaminlar preparatlarini kiritish, sog‘ishni to‘xtatish tavsiya etiladi. Kasal hayvonning bel va dumg‘aza qismi, shuningdek, oyoqlari kuniga 2-3 marta yaxshilab massaj qilinadi. Bundayhayvonningratsionikonsentratvavitaminga boy oziqlardaniboratbo‘lishikerak.
Medikamentoz davolashda simptomatik davolash bilan birga muskul orasiga veratrinning 0,5%-li spirtli eritmasidan 0,5-1 ml 2-3 nuqtaga (hammasi bo‘lib 4-6 ml) yuboriladi, ineksiya 1-2 kundan keyin yana qaytariladi. Shuningdek, vitaminlardan: retinol, kalsiferol, B guruhi vitaminlari kompleksi hamda sigir va biyalarga 10-20%-li glyukoza eritmasidan 200-300 ml, 5%-li kalsiy xlorid yoki kalsiy glyukonat eritmasidan 100-150 ml vena qon tomiriga yuboriladi. Hayvonlarga baliq moyi, kalsiy va fosfor tuzlari, o‘stirilgan arpa yoki bug‘doy maysasidan kuniga 300-500 g berilishi yaxshi natija beradi.
Hayvon yotgan joyidan turmoqchi bo‘lganda yordam qilish lozim. Yotib qolgan sigirni o‘rnidan turg‘azish uchun gavdasini aylantirib arqon bilan bog‘lash kerak. Bunda arqon sigirning old tomonidan to‘sh suyagining ostidan, orqa tomonidan esa qo‘ymich suyagi bo‘rtigining oldidan o‘tkaziladi. Sigirni aylantirib bog‘lagandan keyin ikki tomonida 3-4 tadan odam turib arqondan baravariga ko‘taradi va sigirni turg‘izadi. Bunda hayvonni orqa oyoqlarini birinchi ko‘tarish kerak, chunki sigirlar o‘rnidan turishida birinchi orqa oyoqlarini erga tiraydi. Hayvon ko‘pincha, oz vaqt turgandan keyin yana yotib oladi, ba’zan oyoqlarida mutlaqo tura olmaydi.
Yotoq yaralari paydo bo‘lmasligi uchun hayvonning oyoqlari, yon tomonlari va sag‘risi massaj qilinadi, kuniga 2-3 marta bir yonidan ikkinchi yoniga sekin (bachadoni buralib qolmasligi uchun) ag‘darilib turiladi. tushamalar tez-tez almashtirilib, hazm tizimi faoliyati nazorat qilinib turiladi.
Profilaktikasi. Xo‘jalikdagi hayvonlar orasida osteomalyatsiya kasalligi qayd etilganda kasallikning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘riladi. Oziqalar mineral tarkibini tahlil qilish va ularni boyitish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar, ratsionlarni tahlil qilish va takomillashtirish, bo‘g‘oz sigirlarni o‘z vaqtida (tug‘ishiga 60 kun qolganda) sog‘indan chiqarilishi ta’minlanadi.
Sigirlar sog‘indan chiqarilishi bilan ularning tug‘ishigacha bo‘lgan muddatda tarkibi: 50 g bentonit, 150 mg kaliy yodid, 200 mg mis sul’fat, 40 mg kobalt xlorid, 200 mg marganes sul’fat, 250 mg rux sul’fat, 240 ming XB miqdorida A vitamini, 160 ming XB D3 va 100 mg E vitaminidan iborat mikroelementli-vitaminli oziqaviy aralashmadan bir boshga 50 g omixta emlarga aralashtirilgan holda 60 kun davomida har kuni bir marta berilishi yaxshi natija beradi (B. M. Eshburiev).

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling