Bo‘G‘oz hayvonlarning kasalliklari o‘quv elementlari


Bachadonni buralib qolishi (Torsio uteri)


Download 111.5 Kb.
bet5/9
Sana30.04.2023
Hajmi111.5 Kb.
#1403819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu. BOʻGʻOZ HAYVONLARNING KASALLIKLARI-1

Bachadonni buralib qolishi (Torsio uteri). Bachadonning o‘z o‘qi atrofida yoki bachadon bir shoxining buralib qolishi bo‘lib, ko‘pincha sigir, qo‘y, echki va go‘shtxo‘r hayvonlarda kuzatiladi.
Bachadonning buralishi uning tutqichlarini o‘ziga xos anatomo-topografik tuzilishi tufayli kuzatiladi. Sigirlarda bo‘g‘ozlikning davom etishi bilan bachadon pastga va oldinga siljiydi, uning bachadon shoxlaridan boshlanuvchi keng tutqichlari yuqoriga va orqaga siljiydi va natijada bachadonning kranial qismi erkin holatda turib qoladi, uning tutqichlari esa buyincha yonida yoki kaudal qismida bo‘lib qoladi. Tutqichlarning bunday joylashishi oqibatida bachadon tanasi, buyni va qinning kranial qismi o‘ng yoki chap tomonga buralib qolishi mumkin. Cho‘chqa va go‘shtxo‘r hayvonlarda qorin bo‘shlig‘ida joylashgan bachadonning bir shoxi va ba’zan uning bir qismi bor bo‘yiga buralib qolishi mumkin.
Bachadonni buralib qolishining sabablari bo‘g‘oz hayvonning keskin va tez harakat qilishi, butun gavdasini o‘z o‘qi atrofida aylanishi (timpaniya, sanchiq kasalliklari, sirk hayvonlarini sakratish paytida) hisoblanadi. Bachadonni buralib qolishi bo‘g‘ozlik davrida va tug‘ish paytida ham kuzatilishi mumkin.
Belgilari. Bachadonning bo‘g‘ozlik paytida buralishida spesefik belgilar kuzatilmaydi va ko‘pincha sanchiq, gastroEnterit yoki boshqa kasallik deb hisoblanadi. Kasal hayvonda bezovtalanish, ishtahaning yo‘qolishi kuzatilib, tana harorati ko‘tarilmaydi. Agar bachadon spiralsimon buralgan bo‘lsa, vaginal tekshirilganda qinda burg‘isimon burmalar uning yuzasini yopib turganligi aniqlanadi. Agar bachadon qindan oldinda buralgan bo‘lsa, qin orqali tekshirish hEch qanday natija bermaydi. Bunda rektal tekshirish bilan bachadon burmalari, tutqichlaridan birining tarang tortilib turishi aniqlanadi. Bu tutqichlardagi arterial qon tomirlarida puls kuchli va zo‘riqqan bo‘ladi. Jarayon uzoq davom etganda bachadon devoriga qon quyulishi va shishi hisobiga uning devori qalinlashib, xamirsimon yoki qattiqlashgan konsistensiyada bo‘ladi.
Tug‘ish paytida bachadon buralishi kuzatilganda tug‘ish jarayoni tuxtaydi. Qin orqali tekshirish bilan qinda, bachadon buyni yoki tanasida yopilib qolgan joy borligi aniqlanadi.
Prognoz buralish darajasi va bo‘g‘ozlikning muddatiga bog‘liq. Agar bachadon kamroq buralgan va qon tomirlari unchalik qisilmagan bo‘lsa, bo‘g‘ozlik me’yorida kechishi mumkin. Bachadonni o‘z o‘qi atrofida 1800 ga buralishi qon tomirlari ayniqsa, vena qon tomirlarini kuchli qisilib qolishi va oqibatda bachadon devorida ko‘p miqdordagi venoz qonni to‘planib qolishi va hatto gemostazlar kuzatilishi mumkin. Agar bachadon 3600 ga buralgan bo‘lsa, bachadon tutqichlaridagi barcha tomirlar butunlay yopilib qoladi va bachadon nekrozga uchraydi. Ba’zan tutqichlar uzilib kyetishi va bachadon qinga osilib qolishi mumkin.
Tug‘ish paytida bachadon buralib qolishi homilaning o‘limiga va bachadonda asseptik muhit bo‘lganligi tufayli uning mumifikasiyasi va maserasiyasiga sabab bo‘lishi mumkin.

Download 111.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling