«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Download 1.44 Mb.
|
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
345 dunyoning rivojlanishida tub burilishni ko‗zda tutadi. Ekologik rivojlanishning asosiy talablari Konferensiyada qabul qilingan 26 ta prinsipdan iborat ―Stokgolm deklaratsiya‖da keltirilgan. Bu prinsiplardan birida ―Har bir inson qulay atrof- muhitda yashash huquqiga ega, uning sifati esa insonlarni munosib hayot kechirishga va taraqqiyotga erishadigan darajada bo‗lishi kerak‖, deb ta‘kidlanadi. Qabul qilingan ―Tadbirlar rejasi‖ 109 ta banddan iborat bo‗lib, unda alohida davlatlar va xalqaro hamjamiyat o‗rtasida atrof-muhitni muhofaza qilishning tashkiliy, siyosiy va iqtisodiy masalalari yoritilgan. Xalqaro tashkilotlar faoliyatini oshirish-ga alohida e‘tibor qaratilgan. Konferensiya qarori bilan uning ochilish kuni 5-iyun Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni deb belgilandi. Konferensiyadan so‗ng, belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun BMTning Bosh assambleyasi atrof-muhit bo‗yicha maxsus dastur – YUNEPni tuzdi. YUNEP, birinchi navbatda, eng dolzarb muammolar – cho‗llashish, tuproqlar degradatsiyasi, chuchuk suv zaxiralarining kamayishi, okeanlarning ifloslanishi, o‗rmonlarning kesilishi, qimmatli hayvon va o‗simlik turlarining yo‗qolishi muammolari bo‗yicha takliflar ishlab chiqishi kerak edi. Butunjahon atrof-muhit jamg‗armasi tashkil etildi. Jamg‗arma BMTga a‘zo davlatlarning badali hisobiga rivojlanayotgan mamlakatlardagi turli ekologik muammolarni hal qilish bo‗yicha loyihalarni moliyalashtirishi belgilandi. Stokgolm Konferensiyasidan keyin jahon hamjamiyati ekologik yo‗naltirilgan taraqqiyotga erishish bo‗yicha dastlabki qadamlarni tashladi. 1975-yili aholi soni 4 mlrd., 1987-yili 5 mlrd.dan oshdi. Dunyoning turli chekkalaridagi ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashdi. Orol dengizining qurishi, Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurg‗oqchilik, Chernobil AESdagi halokati, okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, ―ozon tuynuklari‖ muammolari chegara bilmasligi, regional va global oqibatlari bilan namoyon bo‗ldi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling