IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
355
100 balli shkala asosida amalga oshiriladi. O‗zbekistonda bonitirovka asosini paxta
hosili tashkil qiladi. Paxtadan gektariga 40 sentner hosil beradigan yerlar ―100 balli
bonitet‖ga teng deb olinadi. O‗zbekistonda eroziyaga uchramagan tipik va bo‗z
tuproqlar yuqori bonitetga (80-100 ball), deltalardagi sho‗rlangan, sug‗oriladigan
o‗tloq tuproqlar o‗rtacha bonitetga (40-60 ball), kuchli sho‗rlangan, toshloq, taqirli
va gilli tuproqlar past bonitetga (10-39 ball) ega va h.z.
Ko‘pchilik chet mamlakatlarda bonitirovka asosini donli ekinlar yalpi hosili
tashkil etadi. Masalan, Misr, Fransiya, Germaniya, Italiya kabi davlatlarda bu
ko‘rsatkich 50 s/ga va undan ortiq.
I.2.1. Tuproq bonitirovkasiga qarab yalpi hosilni aniqlash
O‘zbekistonda yerlarni bonitet ballarga ajratishda 1 gektardan olinadigan
paxta yalpi hosili asos qilib olingan. Ayrim hollarda, mazkur bonitet ballardan
kelib chiqqan holda, yalpi hosilni hisoblab chiqarish mumkin.
Bu yerda,
= o‘rtacha har gektar maydonga to‘g‘ri keluvchi hosil;
∑Cr = bonitet asosini tashkil etuvchi maksimal qiymat (40 sentner);
x = berilgan bonitet bali;
100 = tuproq bonitirovkasining maksimal ko‘rsatkichi (100 ball).
Agarda hisoblash jarayonida har gektarga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha hosil
ma‘lum-u, bonitet bali noma‘lum bo‘lsa, yuqorida berilgan formuladagi ifodalar
o‘rnini almashtirib, hisoblashni amalga oshirish mumkin.
№
_
6
.
Sug‘oriladigan o‘tloq tuproqlarning boniteti 40-60 ballni tashkil etsa,
o‘rtacha, har gektar paxta maydonidan qancha sentner paxta olish mumkin?
IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
Do'stlaringiz bilan baham: |