«Noshir» 2019 iqtisodiy va ijtimoiy geografiya


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 1.44 Mb.
bet333/471
Sana15.11.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1776910
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   471
Bog'liq
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya-hozir.org

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

357 
qismi suvdan iborat bo‘lsa-da, suv qobig‘idagi suvning 97,5 % qismi sho‘r – 

iste‘molga yaroqsiz dengiz suvlaridir.


Aholi va barcha ishlab chiqarish tarmoqlari, asosan, toza chuchuk suvni 
iste‘mol qiladi. Yaqin-yaqinlargacha suv ham havo kabi tabiatning to‗kin in‘omi
va uning zaxiralari chegaralanmagan, deb hisoblanar edi. Lekin, amalda unday 
emas. Chunki, chuchuk suv resurslari gidrosfera umumiy hajmining atigi 2,5
foizinigina tashkil qiladi.
Shuningdek, chuchuk suvning asosiy qismi yer sharining chekka,
foydalanish qiyin bo‗lgan Antarktida, Arktika, Grenlandiya va dunyoning baland 
tog‗lari bag‗ridagi ko‗plab qor va muzliklarda to‗plangan. Bundan xulosa shuki,
aholi faol hayot kechiradigan yer sharining asosan, mo‗tadil, tropik mintaqalari 
chuchuk suv bilan ancha kam ta‘minlangan.
Insoniyatning chuchuk suvga bo‗lgan ehtiyojini qondiradigan asosiy manba 
daryolar bo‗lib, ulardagi suvning umumiy miqdori atigi 47 ming km
3
hisoblanadi. 

Buning ustiga, bu suvning eng ko‗p qismi aholi ancha siyrak yashaydigan


dunyoning shimoliy va ekvatorial mintaqa hududlari bo‗ylab oqadi va ulardan har 
taraflama foydalanish ancha qiyin.
Chuchuk suvga bo‗lgan talab uzluksiz oshib bormoqda. Chuchuk suv, 
ayniqsa, ishlab chiqarish (sanoat va qishloq xo‗jaligi) ehtiyojlari uchun eng ko‗p
sarflanmoqda. Iste‘mol suvidan foydalanish hajmining tez o‗sib borishi jahonda 
chuchuk suv tanqisligining yuzaga kelishiga sabab bo‗lmoqda.
Shu bois, ayniqsa, chuchuk suvdan unumli foydalanish va isrof bo‘lishiga 
yo‘l qo‘ymaslik lozim.


I.3.1. Chuchuk suvdan foydalanish dinamikasi misolida

grafik diagramma tuzish 





IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

358 

Yillar davomida ma‘lum jarayonning o‘zgarish grafigini tasvirlash uchun,


avvalo, ma‘lumotlarni o‘zaro jamlab olish lozim. Masalan, jahonda chuchuk 
suvdan foydalanish hajmi 1950-yil 1100 km
3
, 1980-yil 3300 km

3
, 1990-yil 4100 


km
3

, 2000-yil 4780 km


3
, 2012-yilda esa 5500 km


3
ni tashkil qilgan. Ushbu 

ma‘lumotlarga tayangan holda, vertikal va gorizantal chiziqlardan iborat asosli


diagramma shakllantiriladi. Ushbu jarayonda vertikal holatda foydalanilgan 
qiymatlar, gorizantal chiziq bo‘ylab chapdan o‘ngga qarab yillar joylashtiriladi.
Shuningdek, jarayon davomida masshtab qabul qilib olish lozim. Masalan, vertikal 
holatda 1 sm balandlik 1000 km
3
va h.z. Ma‘lumotlarni chizmada aks ettirish 

orqali mazmun yanada yorqinroq namoyon bo‘ladi hamda tasavvurni


shakllantirishda juda katta ahamiyat kasb etadi (1-rasm). 


1-rasm
. Chuchuk suvdan foydalanish dinamikasi 

Demak, foydalanish hajmi tadrijiy o‘sib bormoqda. Bu kabi grafiklarni 


boshqa jarayonlar uchun ham shakllantirish yuqori samara beradi.





Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   471




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling