IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
361
etganlar soni esa 161 500 kishini tashkil etdi. Migratsiyada qatnashganlar
334 800 kishini tashkil etgan holda, shundan 157 100 nafari immigrant, 177 700
nafari emigrant bo‘lsa, 2018-yil 1-yanvar holatida O‘zbekiston doimiy aholisini
toping.
Yechish
. Doimiy aholini hisoblashda ma‘lumotlar o‘zaro saralanib, quyidagi
ketma-ketlik asosida amallar bajariladi:
oxirgi ro‘yxatga olish ma‘lumoti bo‘yicha aholi soni (S) – 32 120 500 kishi;
oxirgi ro‘yxatga olish muddatidan beri tug‘ilganlar soni (T) – 715 500 kishi;
oxirgi ro‘yxatga olish muddatidan beri o‘lganlar soni (O‘) – 161 500 kishi;
oxirgi ro‘yxatga olish muddatidan beri ko‘chib kelganlar soni (M
i
) – 157
100 kishi;
oxirgi ro‘yxatga olish muddatidan beri ko‘chib ketganlar soni (M
e
) –
177 700 kishi;
formula asosida hisoblash amalga oshiriladi:
P
S
= S + (T - O‟) + (M
i
- M
e
)
P
S
= 32 120 500 + (715 500 – 161 500) + (157 100
– 177 700) = 32 653 900 kishi
tabiiy o'sish: 715 500 – 161 500 = 554 000 kishi
migratsiya saldosi: 157 100 – 177 700 = -20 600 kishi
umumiy ko‘payish: 554 000 + (-20 600) = 554 000 – 20 600 = 533 400 kishi
yakuniy aholi soni: 32 120 500 + 533 400 = 32 653 900 kishi
Javob:
Demak, 2018-yil 1-yanvar bo‘yicha, doimiy aholi soni 32 653 900
kishini tashkil etadi, ya‘ni 2017-yil 1-yanvarga nisbatan 533 400 kishiga
ko‘paygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |