IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA
363
Yechish
. Bunda berilgan ma‘lumotlardan
foydalanib,
vaqtincha aholini
hisoblash formulasidan amalda qo‘llaniladi:
a)
mavjud aholi soni (M
S
) – 51 175 400 kishi;
b)
doimiy aholi soni (P
S
) – 51 164 435 kishi.
T
S
= M
S
- P
S
= 52 175 400 – 51 164 435 = 10 965 kishi
Javob:
Vaqtincha aholi soni 10 965 kishini tashkil etgan.
Mustaqil yechish uchun topshiriqlar:
№
_
16.
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 2001-yil 24 813 100 kishini, aholini
ro‘yxatga olish ma‘lumotlariga binoan, mavjud aholi esa 24 956 900 kishini tashkil
etganligidan foydalanib, vaqtincha aholi sonini aniqlang.
№
_
17.
Germaniya Federativ Respublikasida 2018-yil ma‘lumotlariga ko‘ra,
doimiy aholi soni 82 805 353 kishi bo‘lib, mavjud jami aholi esa 83 548 200
kishini tashkil etsa, vaqtincha aholi sonini toping.
№
_
18.
Vatikanda mavjud aholi soni 1001 kishini, doimiy aholi esa 997
kishini tashkil etsa, vaqtincha aholi sonini toping.
II.1.3. Mavjud aholi sonini hisoblash
Mavjud aholi, umumiy holatda, biror hududdagi jami aholi sonini ifodalaydi
hamda quyidagicha hisoblanadi:
M
S
= P
S
+ T
S
Bu yerda,
M
S
=
mavjud aholi soni;
P
S
=
doimiy aholi soni;
T
S
= vaqtincha aholi soni.
Mavjud aholi ma‘lum hududdagi ayni vaqtda istiqomat qilayotgan aholi soni
bo‘lib, uning bir qismi muttasil shu joyda yashasa, bir qismi esa ma‘lum
muddatdan so‘ng tark etadi.